Ninel Vladimirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ninel Vasilevna Vladimirova (1929.24.4, Nikolayev shahri) — adabiyotshunos, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), filol. fanlari doktori (1981). Oʻrta Osiyo davlat universiteti sharq fakultetini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1950—81; 1985 yildan), direktor oʻrinbosari (1981—85). Oʻzbek adabiyotida hikoya janri, badiiy tarjima nazariyasi haqida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Oybekning "Mukammal asarlar" toʻplami (1—20; 1975—82) tu-zuvchilaridan. Said Ahmad ("Ufq"), Mirmuhsin ("Meʼmor"), Mirzakalon Ismoiliy ("Fargʻona tong otguncha") romanlari va bir qancha hikoyalarni ("Anor" toʻplami, 1967) oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil