Kontent qismiga oʻtish

Nina Hollein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nina Hollein

Nina Hollein Frankfurt shahridagi Palindrom vernisajida (2021-yil iyul)
Tavalludi 9-fevral 1971-yil (1971-02-09) (53 yosh)
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi yozuvchi, arxitektor va moda dizayneri
Turmush oʻrtogʻi Max Hollein
Veb-sayti ninahollein.com

Nina Hollein (9-fevral 1971-yil, Vena) — avstriyalik yozuvchi, arxitektor va moda dizayneri[1][2][3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hollein dizayner va klassik filologning qizi boʻlib, 1971-yil 9-fevralda Venada tugʻilgan. Bolaligi Vena va Linsda oʻtgan. Arxitektura va dizaynga boʻlgan qiziqishi kichik yoshidayoq avstriyalik arxitektor va rassomlarning guruhi Haus-Rucker-Coning aʼzosi boʻlgan amakilari Laurids Ortner va Manfred Ortner tufayli paydo boʻlgan[4][5]. Hollein Maturadagi oʻrta maktab tugatganidan soʻng Vena texnologiya universitetida arxitektura boʻyicha oʻqib, fan magistri darajasini oladi. 1996-yilda Nina Avstriya Federal Kanseliariyasidan stipendiya olgan va Nyu-Yorkga koʻchib oʻtgan. Bu yerda Nina Peter Eisenman va Tod Williams Billie Tsien Architects ofislarida ishlagan[6][7][8][9]. 2001-yilda eri Max Hollein bilan Frankfurt koʻchib oʻtishadi. Frankfurtda Nina meʼmor va shaharsoz Albert Speer ofisida ishlagan. Birinchi farzandining tugʻilganidan keyin Hollein yozuvchilik bilan shugʻullanadi va bolalar kitoblari uchun sharhlar va esselar yozadi[10]. Bundan tashqari, Hollein Frankfurter Allgemeine Zeitung va Prinz jurnallarida ishlagan. 2009-yilda Hollein ayollar va bolalar uchun oʻz moda brendini tashkil etadi. Birinchi kolleksiyasi uchun Nina Frankfurt moda yarmarkasining „Stilblüte“ mukofotiga sazovor boʻlgan[11][12][13]

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cut-Out Fun with Matisse, Prestel Verlag München, ISBN 3791371924, 2014. Yves Klein — Into the Blue (Can You Tell Itʼs Art?), Hatje Cantz Verlag Berlin, ISBN 978-3-7757-1486-0, 2004

Koʻrgazmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Palindrom“ — Kunstverein Familie Montez (Frankfurt): 2021-yil iyuldan avgustgacha Holleinning ukasi Filipp Schweiger bilan hamkorlikda oʻtkazilgan[14].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hollein muzey direktori va kuratori Max Hollein bilan turmush qurgan. Ularning uchta farzandi bor va hozirda Nyu-York shahrida yashaydilar[15][16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nina Holleinʼs Shape-Shifting Fall Collection Is on View in a Frankfurt Museum, Vouge, 12. Juli. 2021
  2. The Met Goes Beyond Its Doors to Pick a Leader Who Bridges Art and Technology, The New York Times ,The , 10 April 2018
  3. Bei ihr wird Mode zur Kunst, Frankfurter Allgemeine Zeitung, 28 June. 2021 (German)
  4. Landeplatz der Libelle, Süddeutsche Zeitung, 5 December. 2020 (German)
  5. Laurids Ortner wird 80, Wiener Zeitung, Mai 24. 2021 (German)
  6. The American Museum of Folk Art, The Architectural Review, 10 Ma 2013
  7. "Everything will be completely shaken up", Frankfurter Allgemeine Zeitung, 29 June. 2016
  8. Mut zu kleinem Karo, Frankfurter Allgemeine Zeitung, 16 March. 2013 (German)
  9. Finkel, Jori. „‘The Fashion of Islam’ to Arrive at de Young in 2018“ (en-US). The New York Times (2016-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  10. Einfach alles! Die Wort-Schatz-Kiste (Rotraut Susanne Berner), Klett Kinderbuch Verlag, April 2009, ISBN 3-941411-00-4
  11. "Es gibt keine Stadt, die offener ist für Ideen", Die Welt, 1 June. 2016 (German)
  12. Nina Hollein, Stilblüten Festival für Mode und Design, seen September 2021 (German)
  13. Der Zauber zerlegter Anzüge, Frankfurter Allgemeine Zeitung, 12 September. 2021 (German)
  14. Die nachhaltige Mode der Frau HOLLEin!, Bild, 1 July. 2021 (German)
  15. „The Metropolitan Museum of Art Has Chosen Max Hollein as Its Next Director“, Vogue, 10 April 2018
  16. The Met Goes Beyond Its Doors to Pick a Leader Who Bridges Art and Technology, The New York Times, 10 April 2018

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]