Nikolay Vavilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Ivanovich Vavilov (1887. 25. 11, Moskva—1943. 26.1, Saratov) — biolog, genetik, geograf, jamoat ar-bobi, akad. (1929), Ukraina FA akad. (1929), VASXNIL prezidenti (1929— 35) S. I. Vavilovning akasi. V. Saratov universiteti prof. (1917). 1921-yildan Petrograddagi Amaliy botanika va seleksiya boʻlimi mudiri, 1930 y.dan 1940-yil ning avgusttigacha Butunittifoq oʻsimlikshunoslik instituti direktori. V. seleksiyaning hozirgi zamon biologik asoslari toʻgʻrisidagi taʼlimotni, madaniy oʻsimliklarning kelib chikish markazlari, ularning geografik tarqalishi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratdi, oʻsimliklarning yuqumli kasalliklarga immuniteta toʻgʻrisidagi taʼlimotni asosladi. Bir-biriga yakin turlar, turkumlar va hatto oilalarda irsiy oʻzgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonunini ifodalab berdi. V. Yevropa, Osiyo, Afrika, Shim. Markaziy va Jan. Amerikadagi 60 ga yaqin mamlakatlar oʻsimlik resurslarini oʻrgandi, koʻpgina ilmiy ekspeditsiyalarga rahbarlik qildi va Oʻrta Osiyo oʻsimlik olamini batafsil tadqiq etdi. Oʻzbekistonda V. tashabbusi bilan sobiq Ittifoq oʻsimlikshunoslik instituti (VIR) ning Oʻrta Osiyo tajriba st-yasi (1924; hozirgi Oʻzbekistan oʻsimlikshunoslik i.t. instituti) ochilgan. T. D. Lisenkoning gʻayriilmiy taʼlimotiga qarshi kurashda genetikani mardonavor himoya qilgan. V. ilmiy asarlari (350 ortiq) jahon biol. fani xazinasiga katta hissa boʻlib qoʻshiddi. Koʻpchilik mamlakatlar, jumladan, Angliya, Hindiston, Argentina akademiyalarining faxriy aʼzosi boʻlgan. 1940-yil avgustda qamoqqa olinib qatagʻon qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Izb. trudi, t. 1-5, M.-L., 1959-65; Izb. proizvedeniya, t. 1—2, L., 1967.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Voyko V. V., Vi lenskiy Ye. R., Nikolay Ivanovich Vavilov (stranitsi jizni i deyatelnosti), M., 1987.