Nikolay Petrovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Petrovskiy
Tavalludi 30-noyabr 1837-yil
Vafoti 19-noyabr 1908-yil
Toshkent

Nikolay Fyodorovich Petrovskiy (1837-yil – 1908-yil) – rus diplomati, arxeolog, tarixchi, sharqshunos va O'rta Osiyo tadqiqotchisi. Rossiya imperiyasining Qashqar konsuli (18821903) boʻlib ishlaganda oʻlka tarixi va arxeologiyasiga oid koʻplab qimmatli materiallar toʻplagan va bu faoliyatining eng mashhur davri boʻldi. Oʻrta Osiyodagi „Katta oʻyin“ning koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri boʻlib, Qashqarda ingliz siyosiy taʼsirining kuchayishiga qarshilik koʻrsatdi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Fyodorovich 1837-yil harbiy oilada tavallud topgan. U 2-Moskva Kadet Korpusida taʼlim olgan va 1858-yilda Astraxan Grenader polkida leytenant boʻlgan. 1859-yilda Aleksandrinskiy yetim bolalar kadet korpusiga rus tili oʻqituvchisi boʻlib yuborilgan. 1861-yil 9-yanvarda „uydagi sharoiti tufayli“ shtab kapitan unvoni bilan nafaqaga chiqqan.

Petrovskiy 1862-yil 16-iyulda „London targʻibotchilari“ bilan aloqada ayblanib, Petropavlovskaya qal’asida qamoqqa olingan. 1863-yil 9-dekabrda zemstvo arbobi Dmitriy Dmitriyevich Dashkov garov evaziga Nikolayni ozodlikka chiqargan. U 1865-yil 30-martda bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingan[1].

Nikolay 1880-yilda Saratov va Samara viloyatlarini tekshirish uchun senator I. I. Shamshin ixtiyoriga yuborildi.

Petrovskiy 1882-yilda diplomatik xizmatga oʻtdi va iltimosiga binoan 1-iyunda Qashqarga (Xitoy, Shinjon viloyati) konsul etib tayinlandi. 1884-yil 31-iyulda toʻliq davlat maslahatchisi lavozimiga koʻtarildi. 1886-yilda uning konsullik faoliyati Turkiston general-gubernatorligi tomonidan qayd etildi va bosh konsul unvonini oldi[2].

Petrovskiy sogʻligʻi sababli 1903-yilda[3] nafaqaga chiqdi va umrining soʻnggi yillarini Toshkentda oʻtkazdi.

Petrovskiyning shaxsiy kolleksiyasi Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari instituti Sharqshunoslik arxivida saqlanadi. 2010-yilda Petrovskiyning koʻplab taniqli rus jamoat arboblari, harbiy xizmatchilar va olimlar bilan yozishmalari Rossiya Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etilgan[4].

Nikolay Sofya Alekseyevna Saxnovskaya bilan oila qurgan (1836–?).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Петровский, Николай Фёдорович“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  2. Sostav diplomaticheskoy missii: generalniy konsul s semyoy (jena i sin), sekretar (Ya. Ya. Lusht), vrach i konvoy iz 50 kazakov. Petrovskiy tak opisival konsulstvo: „Kashgarskoe konsulstvo daleko ne poxoje na vse drugie konsulstva: eto nechto vrode i politseyskogo uchastka s pochtovoy kontoroy, i kameri sudi, i mesta, gde neredko zanimayutsya delami seryoznogo politicheskogo xaraktera“.
  3. Na ego mesto predpolagalos naznachit B. L. Grombchevskogo, no tot otkazalsya i konsulom bil naznachen S. A. Kolokolov.
  4. „Музей истории Российского кадетства“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.