Nikolay Chipev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Chipev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-fevral, 1989-yil
Tavallud joyi Sofiya, Bolgariya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 71 kg

Nikolay Chipev (bolgarcha: Николай Чипев; 1989-yil 20-fevralda tug'ilgan[1]; Sofiya, Bolgariya) — bolgariyalik futbolchi. Hozirda „Buxoro“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Chipev Sofiyaning SSKA klubi tarbiyalanuvchisi. Chipev professional faoliyatini 2007-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Armiyachilar“ tarkibida u bir mavsum o'ynadi. U yerda 21ta o'yin o'tkazdi va birorta ham gol ura olmadi (2008 va 2009-yillarda u „Bero“ va „Sportist“ da ijara asosida harakat qilgan). 2010-yilgi mavsumda Nikolay Chipev Plovdivning "Lokomotiv" klubiga o'tdi va yerda bir mavsum davomida harakat qildi. 12 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

2011-yilda u Maltaning Hamrun Spartans klubi bilan shartnoma imzoladi. Hamrun Spartans klubi jamoasi tarkibida Chipev 6 oy o'ynadi va to'qqizta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. 2011-yilning ikkinchi yarmida Bolgariyaga qaytib, Montana safiga qo'shildi. 2012-yilda yana ikki marta klubini almashtirib, „Vidima-Rakovski“ va „Slaviya Sofiya“da o'ynadi. Keyingi 2013—2014-yilgi mavsuda u Bolgariyaning turli ligalarda ishtirok etadigan klublari sharafini himoya qildi.

2014-yilning ikkinchi yarmida u Varnaning „Spartak“ jamoasida harakat qildi. 2015-yil boshida Nikolay Chipev Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safiga o'tgan[2]. O'sha yilning iyul oyida u O'zbekistonning boshqa klubi — „Buxoro“ga o'tdi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Nikolay Chipev Bolgariya yoshlar terma jamoasidan taklif oldi. 2008-yilda esa Bolgariya yoshlar terma jamoasiga a‘zo bo'ldi va yoshlar jamoasida sakkizta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2007-08-mavsmda Bolgariya chempioni
  • 2008-yilda Bolgariya Superkubogi sohibi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]