Nikola Jurčević

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikola Jurčević
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-sentyabr 1966-yil (1966-09-14) (57 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, Xorvatiya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dinamo Zagreb
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1984—1986 Dinamo Zagreb 4 (0)
1986—1988 Zagreb
1988—1989 Royal Antwerp 1 (0)
1989—1991 Zagreb 33 (25)
1991—1995 Austria Salzburg 130 (42)
1995—1997 SC Freiburg 45 (5)
1997—1999 Austria Salzburg 31 (4)
Milliy terma jamoa
1990—1991 Xorvatiya 2 (0)
1994—1996 Xorvatiya 17 (2)
Boshqargan klublari
2002—2003 Zagreb
2003—2004 Dinamo Zagreb
2005 Austria Salzburg
2005 Slaven Belupo
2006—2012 Xorvatiya (Yordamchi)
2012—2013 Lokomotiv Moscow (Yordamchi)
2013—2015 Beşiktaş (Yordamchi)
2015—2017 West Ham United (Yordamchi)
2018 Dinamo Zagreb
2019 Ozarbayjon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nikola Jurčević(talaffuzi: Nikola Yurchevich) (1966-yil 14-sentabrda tugʻilgan) xorvatiya futbolning hozirgi murabbiyi va sobiq futbolchisi, oxirgi boshqargan jamoasi Ozarbayjon terma jamoasi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Xorvatiya terma jamoasi safida 1990-yil dekabr oyida Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, 66-daqiqada Ivan Cvjetkovichning oʻrniga maydonga tushgan va jami 19ta oʻyin oʻtkazgan (2ta norasmiy). Oʻtkazgan oʻyinlarida 2ta gol urgan. Xorvatiya oʻsha paytda rasman Yugoslaviya tarkibiga kirganligi sababli, uning dastlabki ikki oʻyini norasmiy hisoblanadi. Uning soʻnggi terma jamoadagi ishtiroki 1996-yil dekabr oyida Marokashga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boʻlgan[1].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jurčević 2002-yilda Zagrebning NK jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan. Bir yildan so‘ng Zagrebning „Dinamo“ klubi Jurčević bilan shartnoma imzolagan. U 2004-yilda Prva HNL chempionligi va Xorvatiya kubogini yutib olishda jamoaga murabbiylik qilgan. Keyinchalik u NK Slaven Belupo jamosini boshqargan. U, shuningdek, Xorvatiya terma jamoasida murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan va sobiq xalqaro jamoadoshlari Slaven Bilich va Aljosha Asanovichga yordam bergan. 2015-yil 18-sentabrda u Bilichning „West Ham United“ klubida yordamchi murabbiyi etib tayinlangan[2]. Jurčević Bilichning boshqa murabbiylar shtabi bilan birga klubni 2017-yil 6-noyabrda ishdan bo‘shatilgandan so‘ng tark etgan[3]. 2018-yilning 12-martida u Xorvatiyaning birinchi futbol ligasi klubi „Dinamo Zagreb“ bosh murabbiyi etib tayinlangan, ammo u klubning yomon o‘yindan so‘ng 2018-yilning 15-mayida klub tomonidan ishdan bo‘shatilgan. 2019-yil 11-fevralda u Ozarbayjon futbol terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan[4]. 2019-yilning 13-dekabrida Jurčević jamoasi Xorvatiya bilan 1:1 hisobida munosib durang o‘ynaganiga qaramay, Yevro-2020 saralashida jamoaning yomon o‘yini tufayli Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xorvatiya 1990-yil 1 0
1991-yil 1 0
1992-yil 0 0
1993-yil 0 0
1994-yil 4 1
1995-yil 4 1
1996-yil 9 0
Jami 19 2
Nikola Jurčević tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati[6]
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1994-yil 17-avgust Ramat Gan, Ramat Gan, Isroil  Isroil 3 — 0 4 — 0 Oʻrtoqlik
2 1995-yil 15-noyabr Bejigrad, Lyublyana, Sloveniya  Sloveniya 2 — 1 2 — 1 Yevro-1996 saralash

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

NK Zagreb

  • Yugoslaviya uchinchi ligasi (Gʻarbiy): 1989-90
  • Yugoslaviya Ikkinchi ligasi : 1990-91

Austria Salzburg

Shahsiy yutuqlari

  • Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 1993-94

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Zagreb

  • Xorvatiya Superkubogi : 2003 yil
  • Xorvatiya kubogi : 2004[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  2. „Hammers appoint Jurcevic as new assistant manager“. www.whufc.com. Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
  3. „Slaven Bilic: West Ham sack manager with team in the relegation zone“. BBC Sport (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 6-noyabr.
  4. „Azerbaijan appoint Croatian Nikola Jurčević as new head coach | Croatia Week“ (2019-yil 11-fevral).
  5. „Azerbaijan sacks Nikola Jurcevic after failed Euro 2020 qualifying“ (2019-yil 13-dekabr).
  6. Nikola Jurčević Statistics HNS. Retrieved 26 October 2017.
  7. HINA. „Prvaci ostali bez trenera: Jurčević smijenjen nakon dva mjeseca“. Novi List (2018-yil 15-may). Qaraldi: 2018-yil 15-may.