Kontent qismiga oʻtish

Nikita Dyomin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikita Dyomin
Asl ismi ruscha: Никита Степанович Дёмин
Tavalludi 31-oktyabr 1910-yil
Molokovo (hozirgi Orexovo-Zuyevskiy tumani, Moskva viloyati)
Vafoti 27-may 1989-yil(1989-05-27)
(78 yoshda)
Moskva, RSFSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1932-1973-yillar
Unvoni Sovet gvardiyasi general-leytenant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||
||
1-darajali Vatan urushi ordeni||«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
SSSR qurolli kuchlari fahriysi ||
|

Nikita Stepanovich Dyomin (ruscha: Никита Степанович Дёмин; 1910-yil 31-oktyabr, Molokovo, Moskva guberniya — 1989-yil 27-may, Moskva, RSFSR) — sovet ofitseri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (7.05.1965).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1910-yil 31-oktyabrda Molokovo qishlogʻida (Orexovo-Zuyevskiy tumani, Moskva viloyati) tugʻilgan. Voskresenskiy tumanidagi Syurupa toʻquv fabrikasida, avval talaba, keyin chilangar boʻlib ishlagan. 1931-yilda Noginsk rabfakining 3 kursini tugatgan. Moskva viloyati Noginsk tuman komitetining kotibi boʻlib ishlagan. Keyin Moskva viloyat partiya qoʻmitasining qarori bilan Elektrostal zavodining komsomol tashkilotiga rahbarlik qilgan[1].

1932-yilda Qizil Armiya saflariga chaqirilgan. Kurslarni tugatgandan soʻng Stalingrad uchuvchilar maktabining komsomollar boʻyicha siyosiy boʻlimi boshligʻining yordamchisi boʻlib ishlagan. 1938-yilda Vladimir Lenin nomidagi harbiy siyosiy akademiyani (aviatsiya boʻlimi) tamomlagan. 1939-yilda Alohida Uzoq Sharq Qizil Bayroqdor armiyasi siyosiy boʻlimining targʻibot va tashviqot boʻlimi boshligʻi etib tayinlangan.

1941-yil dekabrdan Ikkinchi jahon urushida. 2-gvardiya havo-desant diviziyasi tuzilgan 7-aviatsiya korpusining komissari boʻlgan (qoʻmondoni general-mayor Pyotr Lyapin, Nikita Dyomin — siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan). 1943-yilda Dyomin general-leytenant Andrey Bondarev boshchiligidagi 17-gvardiya oʻqchilar korpusining siyosiy boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi. Ular Praga hujum operatsiyasida feldmarshal Ferdinand Schörner qoʻshinini yakson qilib, ozini asir olib, Gʻalaba kuniga qadar birga jang qilib urushni 1945-yil 12-mayda tugatadi[2].

Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan keyin Dyomin armiya siyosiy boʻlimining boshligʻi boʻlgan. 1957-yil sentyabrdan — Harbiy kengash aʼzosi — Boltiqboʻyi harbiy okrugi siyosiy boshqarmasi boshligʻi. 1960-yil iyundan boshlab Harbiy kengash aʼzosi — Turkiston harbiy okrugining siyosiy boshqarma boshligʻi. 1966-yil apreldan — Harbiy-havo kuchlariga va harbiy-dengiz kuchlariga koʻmaklashish koʻngilli jamiyati markaziy qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1965-yil 7-maydagi farmoni bilan „Qoʻmondonlik jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, nemis-fashist bosqinchilarga qarshi kurashda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi, jangovar sharoitda partiyaviy va siyosiy ishlarni mohirona boshqarganligi hamda Ikkinchi jahon urushidagi Sovet xalqining Gʻalabasining 20 yilligi munosabati bilan“ Nikita Dyominga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan tardirlangan.

1989-yil 27-mayda vafot etgan, Moskvada Kuntsevskoe qabristonida dafn etilgan.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dyomin N. S. Voyna i lyudi / N. S. Demin. — M.: Voenizdat, 1972. — 272 s. — (Voennie memuari).
  • Dyomin N. S. Kommunisti, vpered! / N. S. Demin. — K.: Politizdat Ukraini, 1979. — 240 s.
  • Dyomin N. S. Razdumya / N. S. Demin. — Tashkent: Yosh gvardiya, 1983. — 120 s.
  • Demin N. S. Slave ne merknut : ocherki / N. S. Demin. — M.: DOSAAF, 1987. — 112 s.
  • Demin N. S. Kommunisti — vojaki v uchenii i v boyu. // Voenno-istoricheskiy jurnal. — 1978. — № 2. — S.85-90.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]