Niharika Konidela

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Niharika Konidela
Tavalludi 18-dekabr 1993-yil (1993-12-18) (30 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa, film produseri
Faoliyat yillari 2015-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Chaitanya Jonnalagadda (turm. 2020)
Otasi Nagendra Babu
Onasi Padmaja Konidela

Niharika Konidela (1993-yil 18-dekabrda tugʻilgan) hind aktrisasi va prodyuseri boʻlib, asosan telugu filmlarida ishlaydi. U Oka Manasu (2016) filmida debyut qilgan.[1] U oʻzining „Pink Elephant Pictires“ ostida filmlar va onlayn-seriallar ishlab chiqaradi.

Yoshligi va shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niharika Konidela aktyor va prodyuser Nagendra Babuning qizi.[2] U aktyorlar Chiranjeevi va Pavan Kalyanning jiyani. Uning akasi Varun Tej va amakivachchalari Ram Charan, Sai Dharam Tej, Allu Arjun, Allu Sirish va Vaysshnav Tej ham Telugu kinosi aktyorlaridir. 

U Chaitanya Jonnalagadda bilan 2020-yil 9-dekabrda Udaipur shahridagi Oberoi Udaivilasda turmushga chiqqan.[3][4]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konidela aktrisa sifatida faoliytaini davom ettirishdan oldin telugu tilidagi televideniyeda boshlovchi boʻlib ishlagan.[5][6] U ETV tarmogʻida efirga uzatilgan Dhee Junior 1 va Dhee Junior 2 segmentlari uchun Dhee Ultimate Dance Show -da boshlovchilik qilgan.[7]

U oʻzining „Pink Elephant Pictures“ ostida Muddapappu Avakai telugu qisqa hajmli filmida rol ijro etgan va shuningdek, unga prodyuserlik qilgan. Ushbu serial YouTubeʼda chiqqan va tomoshabinlar tomonidan yaxshi qabul qilingan.[8] 2015-yil sentabr oyida u aktrisa sifatida debyutini belgilagan Oka Manasu nomli filmga imzo chekkan.[9] Uning 2019-yilda suratga olingan Suryakantham filmi kassada yahshi natija bermagan va 3 daromad keltirgan.[10] Oʻsha yilning oxirida u Sye Raa Narasimha Reddy tarixiy filmida kichik rol oʻynagan.

Pink Elephant Pictures[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Konidela oʻzining „Pink Elephant Pictures“ film ishlab chiqarish kompaniyasini ishga tushirgan.[11]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar  Manba
2016 Oka Manasu Sandhya [12]
2018 Oru Nalla Naal Paathu Solren Alakshmi Iblis maʼbudasi [13]
Happy Wedding Akshara [14]
2019 Suryakantham Suryakantham [15]
Sye Raa Narasimha Reddy Bhagyam [16]

Televizorda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar Manba 
2015 Dhee Junior Olib boruvchi Raqs koʻrsatuvi [17]
2016 Muddapappu Avakai Aasha shuninngdek produser [18]
2018 Nanna Koochi Tara ZEE5, shuningdek produser [19]
2019 Madhouse Meena shuningdek, produser
2021 Oka Chinna Family Story faqat produser

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Waiting for Niharika“
  2. „My father is my biggest strength : Niharika Konidela“. Times of India. 24-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2014-yil.
  3. K. „Niharika Konidela turns bride for her Udaipur wedding with Chaitanya. Unmissable pics“ (inglizcha). India Today (6-dekabr 2020-yil). 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2020-yil.
  4. „More Stunning Pics from Niharika Konidela and Chaitanya JV's Wedding, Featuring Allu Arjun and Ram Charan“.
  5. „Ram Charan keep teasing me about my TV show : Niharika“. Times of India. 4-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2014-yil.
  6. „Niharika Konidela: I will act in movies but I need some more time“. Times of India. Times News Network (15-iyul 2015-yil). 14-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2015-yil.
  7. „NagaBabu's Daughter Niharika has the desire to act in films“. tollywoodshow.com. 21-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2015-yil.
  8. „'Muddapappu Avakai' series set to cross 2 million views on YouTube; Chiranjeevi’s niece Niharika impresses audience“
  9. „Mega debut in Tollywood“. deccanchronicle.com (25-sentabr 2015-yil).
  10. „Niharika Konidela: Niharika Movie Rakes In Crores At Box Office“. Sakshi Post. Sakshi Post (3-aprel 2019-yil). 2-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2019-yil.
  11. „Konidela Niharika Launches 'Pink Elephant Pictures' | RITZ“. Ritz (30-oktabr 2015-yil).
  12. „'Oka Manasu' star Niharika says Chiranjeevi, Pawan Kalyan encouraged her to pursue her dream“. Ibtimes (21-iyun 2016-yil). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „My role in Oru Nalla Naal… is substantial: Niharika“. DeccanChronicle (18-noyabr 2017-yil). 2020-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Niharika Konidela's 'Happy Wedding' to hit screens this summer“. TmesofIndia.. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Niharika Konidela preps for the pre-release event of Suryakantham by humming Po Pove song from the movie“. TmesofIndia.. 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Niharika in Sye Raa Narasimha Reddy?- Cinema express“. 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  17. „Niharika wraps up the first season of Dhee Juniors“. The Times of India (15-mart 2015-yil).
  18. „'Muddapappu Avakai' series set to cross 2 million views on YouTube; Chiranjeevi's niece Niharika impresses audience [Videos“]. Ibtimes (7-fevral 2016-yil). 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  19. „Niharika Konidela and Nagababu's web series' 'Nanna Koochi' trailer is out and trending at #2“. TmesofIndia.