Udaypur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jagmandir

Udaypur — Hindistonning shim.gʻarbiy qismidagi shahar, Aravali tizmasi yon bagʻrida, Rojasthon shtatida. Aholisi 310 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Kimyo, shakarqand, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Kustar usulda matolar, toʻr toʻqiladi. U. yaqinida fosforit va mamlakatda yagona qoʻrgʻoshinrux rudalari konlari bor. Shahar tabiiy va sunʼiy koʻllar bilan oʻralgan. 16—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Turizm rivojlangan.