Niamh Blackshaw

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Niamh Blackshaw
Tavalludi 19-noyabr 1999-yil (1999-11-19) (24 yosh)
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2017-hozirgacha

Niamh Blackshaw (19-noyabr, 1999-yil, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. U oʻz karyerasini Mr Kiplingning milliy reklamasini oʻz ichiga olgan televizion roliklarda paydo boʻlishdan boshlagan. Keyinchalik, aktrisa 2017-yilda ITVda efirga uzatilgan Coronation Street serialida Lara Cutler rolini ijro etadi. 2018-yildan beri Channel 4 efirga uzatgan Hollyoaks serialida Juliet Nightingale rolini oʻynadi va buning uchun Inside Soap mukofotlarida Eng yaxshi yangi ishtirokchi nominatsiyasiga sazovor boʻladi.

Yoshligi va shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackshaw 1999-yil 19-noyabrda Manchester shahrida tugʻilgan. Aktyorlikni oʻrganishdan oldin Blackshaw raqqosa sifatida taʼlim oladi[1] va oʻn bir yoshida u Rossendaleda joylashgan Dance and Drama Centrega qatnay boshlaydi hamda u yerda LAMDA va Trinity imtihonlarini tamomlaydi[2]. Aktrisa, shuningdek, Boltondagi Canon Slade Schoolda oʻqigan, u yerda boshqa fanlar qatorida A-Level imtihonlari uchun lotin tilini ham oʻrgangan. Niamh aktrisalik faoliyatini davom ettirguniga qadar Cambridge universitetiga oʻqishga qiziqqan[3]. Blackshawda Lyme kasalligi bor[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackshaw oʻz faoliyatini televizion reklamalarda, jumladan, Mr Kiplingning reklamasida paydo boʻlishdan boshlagan[5]. 2017-yilda u ITV efirga uzatgan teleserial Coronation Streetning beshta epizodida Lara Katler rolida ishtirok etdi[6][7]. Uning qahramoni Nathan Curtis (Christopher Harper) va uning jamoasi tomonidan tayyorlanganidan keyin oʻz joniga qasd qildi[8].

2018-yil mart oyida u Landline qisqa metrajli filmida suratga tushdi[9]. 2018-yilning 4-sentabrida uning Channel 4da efir yuzini koʻrgan Hollyoaks serialida Juliet Nightingale rolida ishtirok etishi eʼlon qilindi va u 2018-yilning 21-noyabrida birinchi marta paydo boʻldi[10]. Juliet obrazi uchun u Inside Soap mukofotlaridagi eng yaxshi yangi ishtirokchi nominatsiyasiga, shuningdek, Lysette Anthony va OʻDonnell bilan birga „Eng yaxshi hamkorlik“ uchun ikkita nominatsiyaga nomzod boʻlgan[11].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2017 Coronation Street Lara Cutler 5ta epizod
2018 Landline Daughter Qisqa metrajli film
2018-present Hollyoaks Juliet Nightingale Muntazam serial

Mukofotlar va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Kategoriya Natija Havl.
2019 Inside Soap Awards Best Newcomer Nominatsiya [12]
2019 Inside Soap Awards Best Partnership

(Ruby OʻDonnell bilan)
Nominatsiya [12]
2021 I Talk Telly Awards Best Soap Partnership

(Ruby OʻDonnell bilan)
Nominatsiya [13]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Same Interview, A Year On With Niamh Blackshaw | Hollyoaks“. YouTube (21-dekabr 2020-yil). 18-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-dekabr 2020-yil.
  2. „Success at RDDC“. Rossendale Dance and Drama Centre. 8-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  3. „The Head Teacher's Newsletter – October 2015“. Canon Slade School. 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  4. Blackshaw. „If the ticks take over, we really don’t stand a chance #fyp #foryou #fy #lymedisease“. TikTok (16-aprel 2020-yil). Qaraldi: 16-iyul 2021-yil.
  5. „Success at RDDC“. Rossendale Dance and Drama Centre. 8-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil. „Success at RDDC“. Rossendale Dance and Drama Centre. Archived from the original on 8 October 2020. Retrieved 6 October 2020.
  6. „Coronation Street's tragic suicide victim revealed to be Lara Cutler“. Radio Times. 8-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  7. „Hollyoaks casts Coronation Street actress Niamh Blackshaw as Romeo Quinn's sister“. Digital Spy. 14-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  8. „Niamh Blackshaw joins Hollyoaks“. Female First. 18-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  9. „Cast & Crew – Landline“. Landline. 8-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  10. Hughes, Johnathon. „Hollyoaks: meet Romeo's sister – Juliet!“. Radio Times. 4-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  11. Gonzalez, Elliot. „I TALK TELLY AWARDS 2021 Nominations“. I Talk Telly (14-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
  12. 12,0 12,1 „Hollyoaks star Niamh Blackshaw reveals Juliet Quinn's comeuppance in bullying story“. Digital Spy. 15-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2020-yil.
  13. Gonzalez, Elliot. „I TALK TELLY AWARDS 2021 Nominations“. I Talk Telly (14-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.Gonzalez, Elliot (14 November 2021). „I TALK TELLY AWARDS 2021 Nominations“. I Talk Telly. Retrieved 22 January 2022.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]