Amin Umariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amin Umariy (1913.20.5, Qo‘qon −1942.14.11, Toshkent) – o‘zbek shoiri, dramaturg, tarjimon. Samarqand pedakademiyasida o‘qidi. Ishchi fakulteti, O‘zDU va Toshkent davlat pedagogika institutida dars berdi (1935 – 36). „Guliston“, „O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati“ jurnallari hamda „Qizil O‘zbekiston“ gazetasida ishladi (1937 –1941).

Amin Umariyning „Yangroq sadolar“ (1932), „Davr tantanasi“ (1933), „Yoshlik“ (1935), „Farzand“, „Sadoqat“, „Sheʼrlar“, „Bolalik qo‘shiqlari“, „Ov“ zim" (1937– 39), „Qasamyod“ (194?) kabi sheʼriy to‘plamlari, „Toshotar“, (1939) kabi hikoya va ocherklari bosilib chiqdi. Amin Umariyning 38-yillardagi sheʼrlarida yoshlik tuyg‘ulari, qaynoq qalb orzulari, yaratdi va yuksalish ishtiyoqida mehnat qilayotgan kishilarning kechinmalari aks ettirilgan bo‘lib, ular chuqur lirizm, obrazlar, tasvir vositalarning jozibadorligi, tilining sodda va yorqinligi bilan ajralib turadi.

Amin Umariyning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi sheʼrlarida kishilarimizning jasorati, matonati kuylangan. Amin Umariy Yashin bilan hamkorlikda „Hamza“ (1940), Tuyg‘un bilan birgalikda „Qasos“ (1941) dramalarini yaratgan. U G. Geyne, T. Shevchenko, M. Yu. Lermontov asarlaridan ayrimlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. As: Tanlangan asarlar, T.: 1951; Sheʼrlar, T.: 1973. Ad:. Olimjon A., Amin Umariy, T.: 1954; Ikromov O., Amin Umariy, T.: 1964.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Amin Umariy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]