Navro‘z to‘qnashuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navro'z to‘qnashuvi
Sanalar 2023-yil 21-mart
Urush yeri Diyorbakir, Turkiya
Raqiblar
Kurd millatchilari
Neonatsistlar
Kurdiston Demokratik Partiyasi tarafdorlari
Huquq va Ozodlik partiyasi (HAKPAR) tarafdorlari
Amedspor bezorilar
Kurdiston Ishchilar Partiyasi (PKK) tarafdorlari
Xalq Demokratik Partiyasi (HDP) tarafdorlari
Turkiya Ishchilar partiyasi (TİP) tarafdorlari
LGBT hamjamiyati
Inson huquqlari assotsiatsiyasi (Turkiya)

Navroʻz toʻqnashuvi – 2023-yilgi Turkiyadagi Navroʻz festivali paytida milliiyatchi kurdlar, va soʻlchilar tomon oʻrtasida yuz bergan toʻqnashuv.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujumlar „Kurdên Nasyonalist“ nomi bilan tanilgan kurd neonatsist guruhi tomonidan boshlangan boʻlib, ushbu toʻqnashuv haqida Navroʻz bayrami oldidan bayonot berilgan. Ushbu mitingda barcha kurd millatchilarini, kurd komunistlar va soʻlchilariga, Navroʻz tantanalarida mitingga chiqqan LGBT hamjamiyatiga va uning tarafdorlariga hujum qilishga chaqirilgan[1][2]. Kurdlarni mazlum ozchilik sifatida koʻrib, ular bilan birdamlik koʻrsatishga uringan turk soʻlchilarini kurd millatchilar „parazit“ deb atagan, millatchilar esa soʻlchilarga „bir kurdning tirnogʻi ketgan boʻlsa, barcha millatchilar sizning boshingizni oladi“ deb aytishadi[3]. Shuningdek, Mustafo Kamol Otaturkni sevgan har bir kishi bayramga kelsa, hujumga uchrashini ham taʼkidlashgan[4].

Diyarbakirdagi Navroʻz kuni davomida bir guruh kurd milliychilari LGBT belgilari va bayroqlarini olib yurgan bir guruh odamlarga yaqinlashib, ularga jismoniy hujum qilganlar. Milliychilarning bir aʼzosi soʻl tomon turklariga ham hujum qilinishini taʼkidlab, toʻqnashuv ishtirokchilariga „agar Turkiya Ishchilar Partiyasi (TİP), LGBT bayroqlari yoki kurdlarga aloqador boʻlmagan bayroqlarni koʻrsangiz, bu bayroqlardan Navroʻz otashini yoqish uchun ishlatishingiz mumkin“ deb aytgan. Koʻpgina soʻl tomon tarafdorlari va LGBT qoʻllab-quvvatlovchilar shafqatsiz ravishda urilgan. millatchilar ustidan jinoiy shikoyatlar ham qoʻyilgan[5]. Hujumlarning bir qurboni, ularning kaltaklanishidan oldin guruh vakillarini taʼqib qilib, kuzatib borganini va jabrlanuvchilarga „Bu bayroq nima?“ va „Kurdistonda siz uchun joy yoʻq“[6]. Toʻqnashuvlarda Borzoniy va KDP tarafdorlari boʻlgan va ular neonatsistlar va fashistlarni qoʻllab-quvvatlagan. Kurd millatchilari, LGBT va soʻlchilarni pichoqlashni rejalashtirishgan, garchi LGBT va soʻlchilar darhol qochib ketishgan[7]. Toʻqnashuvda Kurdiston Ishchilar Partiyasi (PKK) tarafdorlari hozir boʻlib, kurd millatchilari hujumiga uchramasdan oldin „yashasin sardor Apo“ deb hayqira boshlagan.[8]. Milliychilar oʻtkir pichoq bilan qurollangan[9]. LGBT hamjamiyatiga, turk va kurd soʻlchilarga, boshqa Nyuroz bayramida Amedspor bezorilari va HAKPAR tarafdorlari tomonidan hujum qilindi[10]. Keyin millatchilar oʻz hujumlari haqida shov shuv qilishgan va toʻqnashuv maʼlumotlarini joylashganlar[7].

TİP oʻz tarafdorlariga hujumlar tufayli har bir kurdni yomon koʻrmasliklarini va bu hujumlar fashistlar harakati ekanligini aytdi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Diyarbakır Newrozu'nda homofobik saldırı: LGBTİ+'lar Newroz tertip komitesini göreve çağırıyor“ (tr) (2023-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  2. Önal. „Diyarbakır Nevruz'unda Kürt Nazi saldırısı“ (tr). Tele1 (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  3. Odatv. „LGBT bayrağı yırtanlar: Kürt Naziler... "Kurden Nasyonalist"“ (tr). Odatv (2023-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  4. „Eşcinseller Diyarbakır'ı karıştırınca fondaş medya: Bir grup erkek saldırgan...“ (tr). TRHaber (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  5. „Mob attack on LGBTI+s during Diyarbakır Newroz celebrations“ (en). bianet.org. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  6. „Newroz'da darp edilen Deniz: Örgütlü, faşist bir saldırı“ (tr). bianet.org. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  7. 7,0 7,1 „Eşcinseller Diyarbakır'ı karıştırınca fondaş medya: Bir grup erkek saldırgan...“ (tr). TRHaber (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  8. „Diyarbakır, İstanbul ve İzmir Newrozlarında LGBTİ+’ların onuruna saldırılar“ (tr). bianet.org. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  9. „Amedspor taraftarı LGBT'lilere saldırdı! - “. firtinahaber.com. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  10. „LGBTI+ members attacked during Newroz celebration call for solidarity“. www.duvarenglish.com. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  11. Önal. „Diyarbakır Nevruz'unda Kürt Nazi saldırısı“ (tr). Tele1 (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 18-mart.