Kontent qismiga oʻtish

Navroʻz Rizayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navroʻz Ibodullayevich Rizayev (1969-yil 28-martda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek filologi va siyosatchisi, 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navroʻz Ibodullayevich 1969-yil 28-martda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1996-yilda Tbilisi davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1988-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 37-maktabda voleybol toʻgaragi rahbari sifatida boshlagan. 1993-2006-yillarda „Oʻzteleradiokompaniya“ tizimida Oʻzbekiston radiosi „Axborot“ tahririyati sharhlovchisi, „Oʻzteleradiokompaniya“ raisi oʻrinbosari, „Axborot“ tahririyati direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2002-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Idoralararo apellyatsiya sudida muvofiqlashtiruvchi komissiya yetakchi mutaxassisi, 2016-2017-yillarda „Oʻzbekiston“ telekanali katta muharriri lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan buyon „Oʻzbekiston 24“ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi axborot-tahliliy dasturlar boʻlimi katta muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. 2020-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, parlamentning Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish qoʻmitasi a’zosi etib saylangan[1].

  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.