Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
(NavDKTU)
Xalqaro nomi Navoi state university of mining and technologies (NavSUMT)
Asos solingan 2022-yil
Oʻquv yurti turi davlat
Rektori Baxtiyor Mardonov
Talabalari 9 000 dan ziyod
Fakultetlar 4
Bakalavriat mavjud
Magistratura mavjud
Doktorantura mavjud
Manzili 210100, O‘zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, G‘alaba Shoh ko‘chasi 76v
Vebsayti nsumt.uz


Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tog'-kon sanoati uchun, shuningdek, mashinasozlik, elektroenergetika, energetika, kimyotexnologiyasi, jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar kabi tegishli tarmoqlar uchun kadrlarni tayyorlaydi.

Universitet tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

• 1963 –Toshkent politexnika instituti filiali

• 1990 – Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti filiali

• 1992 – Toshkent davlat texnika universiteti filiali

• 1995 – Navoiy davlat konchilik instituti

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ- 186-son qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.

2023-yilgi yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida 1 nafar talaba respublika bosqichida g‘olibi.

• “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Olima va tadqiqotchi ayollar” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida “Eng yaxshi ilmiy maqola muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha 1 nafar talaba g‘olib deb topildi.

• 1 nafar talaba “Солнечный свет” xalqaro onlayn olimpiadada ishtirok etib 1-o‘rinni egalladi.

• 1 nafar talaba “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya”si sovrindoriga aylangan.

• 3 nafar talaba “Beruniy nomli davlat stipendiya”si sovrindoriga bo‘ldi.

• 1 nafar talaba “Islom Karimov nomli davlat stipendiya”si sovrindori bo‘ldi.

• 1 nafar talaba “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti” sovrindori bo‘ldi.

Talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talabalar uchun maksimal qulaylik yaratish maqsadida universitet hududida o‘quv binolariga yaqin joyda talabalar turar joyi qurilib, foydalanishga topshirildi. Xordiq chiqarish uchun xonalarda televizor va simsiz internet o‘rnatilgan. Taom tayyorlash uchun oshxonalar va ulardagi jihozlar foydalanish mumkin. Yotoqxona yaqinida sport majmuasi va yashil maydon mavjud.

Xalqaro aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 8-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-son Farmoni ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu farmondagi vazifalarni bajarishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-186-son qarorida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limining o‘rni yanada oshmoqda.

Universitetning xalqaro faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

• O‘quv jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etish;

• Universitetda xorijiy talabalar ulushini oshirish;

• Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlari asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish va undagi talabalar eshtirokini ta’minlash;

• Xalqaro loyihalar asosida xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga oliy taʼlim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish;

• Xalqaro reytingda birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (RhD, DSc) olgan professor-o‘qituvchilarni sonini oshirish;

• Xorijda professor-o‘qituvchilar va rahbar kadrlarni malakasini oshirishni yoki stajirovka o‘tashini ta’minlash va h.k.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Energo-mexanika
  • Konchilik
  • Kimyo-metallurgiya
  • Qishloq xo'jaligi

Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mashinasozlik texnologiyasi
  • Umumiy fizika
  • Avtomatlashtirish va boshqaruv
  • Energetika
  • Elektr-energetika
  • Konchilik elektr mexanikasi
  • Konchilik ishi
  • Noyob va radiaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash
  • O'zbek va chet tillari
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Metallurgiya
  • Kimyoviy texnologiya
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar
  • Oliy matematika va axborot texnologiyalar
  • Iqtisodiyot va menejment
  • Agronomiya
  • Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash
  • Muhandislik mexanikasi

Bakalavr ta'lim yo'nalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • 60411700-Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • 60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
  • 60710200-Biotexnologiya(tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60710500-Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60710600-Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)
  • 60711400-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)
  • 60712100-Metallurgiya (metall turlari boʻyicha)
  • 60720600-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha)
  • 60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha)
  • 60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
  • 60721500-Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha)
  • 60721900-Konchilik elektr mexanikasi
  • 60722400-Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi
  • 60730300-Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi
  • 60730300-Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
  • 60730400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji (turlari boʻyicha)
  • 60810900-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)
  • 60811500-Zooinjeneriya (turlari boʻyicha)
  • 61020200-Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar boʻyicha)

Magistratura mutaxassisligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  • 70411701- Logistika (yoʻnalishlar boʻyicha)
  • 70710101-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)
  • 70710103-Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari boʻyicha)
  • 70710201-Biotexnologiya (mahsulot turi boʻyicha)
  • 70710601-Elektr taʼminoti (tarmoqlar boʻyicha)
  • 70711302-Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)
  • 70711401-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar boʻyicha)
  • 70712101-Metallurgiya (metall turlari boʻyicha)
  • 70720601-Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha)
  • 70720801-Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish boʻyicha)
  • 70721501-Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari boʻyicha)
  • 70721503-Foydali qazilmalarni boyitish (qazilma turlari boʻyicha)
  • 70721901-Konchilik mashinalari va jihozlari
  • 70721902-Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish
  • 707224011-Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi
  • 70730301-Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi boʻyicha)
  • 70730309-Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari
  • 70730401-Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari boʻyicha)

Mehnat faxriylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatib, jamiyatda hurmat qozongan bir guruh fuqarolar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, ular orasida 130 nafar oliy ta’lim fidoyisi, xususan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor o‘qituvchisi Mahmud Ravshanovga I darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni taqdim qilindi.

Zabardast olim faoliyati davomida 140 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, bugungi kunda NDKTU “O‘zbek va chet tillar kafedrasi” professori sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]