Nasuh posho shartnomasi
Nasuh Posho shartnomasi (forscha:عهدنامه نصوح پاشا, turkcha:Nasuh Paşa Antlaşması) 1603-1612-yillardagi urushdan keyin Usmonlilar imperiyasi bilan Safaviylar Eroni oʻrtasida 1612-yil 20-noyabrda imzolangan shartnoma. Bu Safaviylarning hal qiluvchi gʻalabasidan soʻng amalga oshirildi.
Fon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Eron shohi Abbos 1590-yilda Konstantinopol shartnomasiga koʻra, Shimoliy-Gʻarbiy Eron va Kavkazdagi keng hududlarni Usmonlilar imperiyasiga berishga majbur boʻldi. Shoh Abbos oʻz vatanidagi muammolarni hal qilgandan soʻng, usmoniylar bilan boʻlgan yoʻqotishlarni qaytarishni rejalashtirgan. U hujum qilish uchun qulay vaqtni kutdi. U oʻz imkoniyatini 1603-yilda 14 yoshli sulton Ahmed I Usmonli taxtiga oʻtirganida sinab koʻrdi. Usmonlilar imperiyasi Muqaddas Rim Imperiyasiga qarshi uzoq urush olib bordi. Yaʼni uzoq urush 1593-1606-yillarda boʻlgan va Anadoluda Jelali qoʻzgʻolonlari deb nomlangan bir qator qoʻzgʻolonlar avj olgan edi[1].
Urush
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoh Abbos va uning sarkardasi Ollohverdixon kutilmagan hujumda 1590-yilda boy berilgan hududlarni qaytarib olishga kirishdilar. Usmonli imperiyasi Eronga qarshi qoʻshin toʻplay olgan boʻlsa-da, ikki qoʻmondon (sardor) Jigalazade Yusuf Sinan Posho (1605) va Kuyuju Murat Posho (1611) armiyaning qishki qarorgohi Diyorbakirda vafot etdilar[2]. Qoʻshin qoʻmondonlikning yoʻqligidan aziyat chekdi. Nihoyat, 1611-yilda sadr boʻlgan vazir Nasuh Posho (Damat Nasuh Posho deb ham ataladi) shartnoma imzolashga rozi boʻldi.
Shartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nasuh posho shartnomasi bilan Usmonli davlati Ferhat posho shartnomasi bilan olgan yerlaridan mahrum boʻldi.
- Usmonli imperiyasi 1590-yilgi Konstantinopol shartnomasi bilan qoʻlga kiritilgan barcha hududlarni qaytarishga rozi boʻldi.
- Chegara chizigʻi 1555-yilda Amasiya tinchligida chizilgan chiziqqa qaytarildi.
- Oʻz navbatida, Eron har yili 200 yuk (59000 kilogramm) ipak toʻlashga rozi boʻldi.
- Shahrizor viloyatiga bostirib kirgan Hilevxon va Sayyid Muborakga Safaviylar yordam bermaydigan boʻldi.
- Usmonlilarning ruslarga qarshi har qanday yurishida Safaviylar Usmonlilarga yordam beradilar, ularga toʻsqinlik qilmaslikka kelishdilar.
- Shemhal va Dogʻiston ustidan hukmronlik yana Usmonlilar qoʻlida qoldi.
- Eronlik ziyoratchilarning Hajga borish yoʻnalishi oʻzgartirildi. Eronlik ziyoratchilar Bagʻdod va Basra orqali emas, Halab-Damashq orqali hajga boradilar.
- Sulaymon qonuniy davrida belgilangan chegaralar doirasida Usmonli-Safaviy chegaralarini aniqlash uchun Usmonli tomonini Bagʻdod Beylarbeyi Mahmut Posho va Van hokimi Mehmet Posho vakillik qiladigan boʻldi.
Oqibat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu shartnoma Usmonlilar tarixida imperiya hududini yoʻqotishga rozi boʻlgan birinchi shartnomadir. (Imperiya hududini yoʻqotishga rozi boʻlgan Yevropadagi birinchi shartnoma 1699-yilda Karlovitsa shartnomasi boʻladi) Boshqa tomondan, bu shartnoma Abbos uchun katta muvaffaqiyat edi[3]. Shartnoma bilan u ham saltanatini oshirdi, ham Safaviylar obroʻsini tikladi. Nasuh posho shartnomasi 3 yil kuchda qolgandan keyin Usmonlilar bilan Safaviylar oʻrtasidagi munosabatlar yana buziladi. Shoh Abbos I shartnomaga koʻra joʻnatilishi kerak boʻlgan ikki yuz yuk ipak joʻnatishdan bosh tortdi. Urushlar va tortishuvlar natijasida ikki oʻrtada yangi shartnoma tuziladi. 1618-yil tuzilgan yangi Serav shartnomasi bilan tinchlik oʻrnatildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://books.google.nl/books?id=QjzYdCxumFcC&pg=PA23&dq=treaty+of+nasuh+pasha+same+border+peace+of+amasya&hl=nl&sa=X&ei=2IJHVY2KH8TuaImmgfAP&ved=0CDAQ6AEwAg#v=onepage&q=treaty%20of%20nasuh%20pasha%20same%20border%20peace%20of%20amasya&f=false
- ↑ http://www.lifesciencesite.com/lsj/life1008s/067_17307life1008s_405_407.pdf
- ↑ http://www.egitimvadisi.net/forum/index.php?topic=142.0[sayt ishlamaydi] %20-