Kontent qismiga oʻtish

Nasimxon Rahmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Nasimxon va familiyasi Rahmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Nasimxon Rahmonov – (1952-yil, Fargʻona, O‘zbekiston SSR – 2025-yil, 10-noyabr, Toshkent) – adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori (1971), professor (1993)[1].

Nasimxon Rahmonov
Tavalludi 16-oktyabr 1952-yil (1952-10-16) (73 yosh)
Fargʻona, O‘zbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Mashhur ishlari
  • "Oʻlmas obidalar" (1987)
  • „Bitiklar olamida“ (1990)
  • „Turkiy xoqonliklar“ (1993)
  • „Qadimiy hikmat“ (1987)
  • „Ruhiyatdagi nur murodi“ (2000)
  • „Oʻzbek adabiyoti tarixi namunalari“ (I, II jild 2006, 2007)
  • „Oltin yorugʻ“ (1-kitob, 2009; 2-kitob 2013)
  • Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi (2014)
  • „Oʻzbek adabiyotini davrlashtirish masalalari“ (2016)
Mukofotlari Turkiyaning Yangi Turkiya strategik tadqiqotlar instituti mukofoti (2017)
Ostona shahrida joylashgan Xalqaro Turkiy Akademiyaning kumush medali (2018)
Qozog‘iston xalqlari Assambleyasining Oltin medali (2020)

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olim 1952-yilda Fargʻona viloyati Buvayda tumani Jov qishlogʻida tugʻilgan. 1969-yili Nayman qishlogʻidagi 20-oʻrta maktabni bitirgan va ayni shu maktabda yoshlar yetakchisi boʻlib ishlagan[1]. Fargʻona davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1974). Oʻrta maktabda oʻqituvchi (19741977), Oʻqituvchi nashriyotida muharrir (19761979), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi H.Sulaymonov nomli Qoʻlyozmalar institutida muharrir, muzey boʻlimi mudiri, kichik, katta va bosh ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, direktor (1979-1998), Til va adabiyot instituti (19981999) va Sharqshunoslik institutida yetakchi ilmiy xodim (19992000), Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professori (2000-yildan), Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dekani (2010-yildan).

Nasimxon Rahmonov 1984-yili „Kultegin yodnomasi (VIII asr) poetikasi“ nomli mavzuda nomzodlik, 1991-yili „Oʻrxun-Yenisey yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim 1993-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Nasimxon Rahmonov, shuningdek, ikki kitobdan iborat „Oltun yorugʻ“ asarini oʻzbek tiliga tabdil qilib, chop ettirgan[1].

Nasimxon Rahmonov Turkiyaning Yangi Turkiya strategik tadqiqotlar instituti mukofoti (2017), Ostona shahrida joylashgan Xalqaro Turkiy Akademiyaning kumush medali (2018) hamda Qozogʻiston xalqlari Assambleyasining Oltin medali (2020) bilan taqdirlangan. 2012-yil 4-iyulda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining „Oʻzbek va jahon filologiyasi“ va Oʻzbekiston davlat sanʼat institutining „Tillar va adabiyot“ kafedralari negizida yangi „Tillar va adabiyot“ kafedrasi tashkil etilgan. Bu kafedrada Nasimxon Rahmonov ham faoliyat olib borgan[2].

„Oʻlmas obidalar“ (1987), „Bitiklar olamida“ (1990), „Turkiy xoqonliklar“ (1993), „Qadimiy hikmat“ (1987), „Ruhiyatdagi nur murodi“ (2000), „Oʻzbek adabiyoti tarixi namunalari“ (I, II jild 2006, 2007), „Oltin yorugʻ“ (1-kitob, 2009; 2-kitob 2013), „Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi“ (2014)[3]" Oʻzbek adabiyotini davrlashtirish masalalari" (2016) va boshqa koʻplab kitoblari chop etilgan[4]. Olim, shuningdek, Oʻrxun-Enasoy obidalarining Oʻzbekistonda oʻrganilishi borasida ham maqolalar eʼlon qilgan[5][6].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Nasimxon Rahmonov 70 yoshda!“ (2022-yil 13-oktyabr). 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  2. „“O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi“ (2012-yil 2-aprel). 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  3. Rahmonov O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI.pdf. 
  4. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 386-bet. 
  5. „OʻRXUN-ENASOY OBIDALARINING OʻZBEKISTONDA OʻRGANILISHI“ (2020-yil 1-oktyabr). 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  6. „“Devonu lugʻoti-t-turk” – turkiy xalqlarning noyob yozma yodgorligi”mavzuidagi xalqaro ilmiy anjuman“ (2018-yil 28-dekabr). 2023-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.