Narzi Rajabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Narzi Rajabov (1924, Buxoro viloyati, Jondor tumani — 1944.22.8, Ungeni shahri, Moldaviya) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1942 yil yanvardan frontda. 2Ukraina fronti 52armiya 31oʻqchi diviziyasining 818-oʻqchi polki pulemyotchisi boʻlgan. Rajabov 1944 yil Cherkassi viloyatining Zvenigorodka rnidagi Rijanovka qishlogʻini va Moldaviyaning bir qancha qishloqlarini ozod etishda pulemyotdan oʻt ochib, dushmanning bir necha oʻt ochish nuqtasini oʻchirgan, 200 dan ortiq gitlerchini qirib tashlagan. Janglardan birida (22 avgust) qahramonlarcha halok boʻlgan. 1944 yil 13 sentabrda Qahramon unvoni berilgan. Rajabovning yurtida byusti oʻrnatilgan, oʻrta maktabga nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil