Kontent qismiga oʻtish

Naruto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Naruto
ナルト

Naruto logotipi
Janri Sarguzasht, Jangari, Fentezi, Komediya
Muallif(lar) Masashi Kishimoto
Rejissyor Hayato Date
Ssenariynavis(lar) Katsuyuki Sumisawa, Junki Takegami, Satoru Nishizono, Yasuyuki Suzuki va Yasuaki Kurotsu
Mamlakat Yaponiya
Til Yaponcha
Qismlar soni 46
Efirga uzatilishi
Telekanal TV Tokyo
Translyatsiya davri 2002-yil noyabri
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Naruto (yap. ナルト) Masashi Kishimoto yaratgan yapon mangasidir. Mazmuni oʻz qishlogʻida eng kuchli (Hokage) deb tan olinishini istovchi ninza Naruto Uzumaki va uning doʻstlari bilan sodir boʻluvchi voqealar hikoyasidadir. Mangani Kisрimoto 1997-yili tayyorlagan Akamaru Jumpga asoslangan.

Manga 21-sentabr 1999-yildan 10-noyabr 2014-yilgacha Shueisha yapon nashriyoti tomonidan Weekly Shonen Jump jurnalida chop etildi.

Manga asosida Aniplex va Studio Pierrot kompaniyalari tomonidan anime-teleserial suratga olindi. Birinchi Naruto nomli teleserial 3-oktabr 2002-yildan boshlab 8-fevral 2007-yilgacha Yaponiyada TV Tokyo telekanalida va Animax sunʼiy yoʻldosh kanalida koʻrsatildi. Ikkinchi Naruto Shippuden (yap. NARUTO -ナルト- 疾風伝) nomli teleserial 15-fevral 2007-yildan 23-mart 2017-yilgacha translyatsiya qilindi va 500-chi qism bilan tugadi.

Naruto Yaponiyada 205 million nusxada sotilib, bestseller mangalar qatoriga kirdi.