Ribbentrop va Molotov pakti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xujjatni imzolayotgan Molotov, oʻng tomonda Hilger, orqa tomonda Schulze, Shaposhnikov, Ribbentrop, Stalin, Pavlov (1939-yil 23-avgust, Moskova)

Molotov — Ribbentrop pakti, Natsistlar Germaniyasi va Sovet Ittifoqi oʻrtasida Polsha hududini boʻlib olish bilan bir qatorda, oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi oʻziga xos shartnoma hisoblanadi. Shartnoma, 1939-yilning 23-avgust kuni Moskvada, Germaniya tashqi ishlar vaziri Joachim von Ribbentrop va Sovet davlatining tashqi ishlar vaziri Vyacheslav Molotov tomonidan imzolanadi.[1][2] Bu shartnomadan biroz avval Stalin, millati yahudiy boʻlgan Litvinovni lavozimdan ozod qilib, oʻrniga Molotovni tayinlagan edi. Stalin 1939-yilning 10-mart kuni bergan bayonotida Gʻarbni „Germaniya va Sovet davlatlari oʻrtasida urush chiqarishga urinish“da ayblab chiqadi. Ayni paytda Gitler ham Sovet davlatining Gʻarb davlatlari bilan yaqinlashish ehtimolidan xavotirda edi. Shu sababli Gitler 20-avgust kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentropni Moskovaga yuboradi. 23-avgust kuni esa „Germaniya va Sovet davlatining oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisida“gi pakti imzolanadi. Bu shartnomadan soʻng Germaniya Polshaga hujum qiladi va shu tariqa II jahon urushi boshlanib ketadi.

Stalin va Ribbentrop. Shartnoma imzolangandan soʻng qoʻl siqishishmoqda. Kreml, 1939-yil

Shartnomaning eʼlon qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovetlar davlati shartnoma shartlarining xalqga ochiq qismini 1939-yilning 25-avgust kuni tantanali ravishda eʼlon qiladi. Bu vaqtda Gitler Polshaning sharqiy qismiga hujum qilish rejasini tuzib chiqayotgan edi. Sovet-Germaniya shartnomasining imzolanganidan xabar topgan Buyuk Britaniya va Fransiya hujumga uchragan taqdirda Polshaning himoyasi uchun harbiy kuch ishlatishiga doir shartnomani rasmiylashtirish orqali javob beradi. Sovet-Germaniya oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangani haqidagi xabar Yevropa davlatlarining poytaxtlarida eʼlon qilingandan soʻng, ziyolilar bir-birlariga „Nega umumiy dushmanimiz Sovetlar davlati boʻlsa ham, Germaniya Sovet davlati bilan kelishuv imzoladi? Nega Polshaning boʻlinib ketishiga koʻz yumishyapti?“ kabi savollar berishardi. U vaqtlarda shartnomaning toʻliq matnidan xabardor boʻlmagan Yevropa davlatlari kelishuv shartlari qanday ekanligi tahminan bilishardi. Keyinchalik shartnomaning toʻliq matni nemislarning maxfiy arxividan topiladi. Baʼzi yozuvchilar bu kelishuvga „Shaytonlar ittifoqi“ deb nom berishadi. Ingliz tarixchisi Donald Cameron Watt (1928-2014) oʻz maqolasida bu shartnomaning imzolanishi tarixiy bir xatolik boʻlganini aytib oʻtadi. Chunki bu shartnomaning imzolanishi ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun zamin hozirlagan edi.

Hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi nemis-sovet shartnomasining moddalari:

Molotov-Ribbentrop Paktining nusxasi (Nemis tilida)
  • Boltiqboʻyi davlatlari(Finlandiya, Estoniya, Latviya, Litva)ga tegishli yerlarda hududiy va siyosiy oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda, Litvaning shimoliy chegaralari masalasi Germaniya yoki SSSR manfaatlari doirasida hal qilinadi.
  • Polsha davlatiga qarashli yerlarda hududiy yoki siyosat nuqtai nazaridan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar yuz bersa, Germaniya va SSSRning chegaralari Norev, Vistula va San daryolari boʻylab oʻtadi.
  • Har ikki tomonning manfaatlari doirasida mustaqil Polsha davlatining saqlanib qolish yoki qolmasligi, davlat chegaralari masalasi, siyosiy yangiliklar roʻy bergan taqdirdagina aniqlik kiritilishi mumkin.
  • Har qanday vaziyatda ham har ikkala hukumat muommolarni doʻstona yoʻl bilan hal qilib oladi.
  • Ushbu kelishuv har ikki hukumat tomonidan maxfiy saqlanishi taʼminlanadi.

Reyx hukumati nomidan: V. Ribbentrop

SSSR hukumati nomidan: V.M. Molotov

Shartnomaning qisqacha mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shartnomada Sharqiy Yevropani boʻlib olishga doir maxfiy protokol mavjud edi. (Shartnomaning „maxfiy moddalar“ mavjudligini Sovet davlati tashqi ishlar vaziri Molotov rad etgan).[3] Ribbentrop Polshaning 1914-yildagi chegarasiga qaytarilishini taklif qiladi. Yagona farqi Varshavaning Germaniyaga tegishli chegara ichida qolishi tavsiya qilingani edi. Boltiqbo'yi davlatlari orasidan Finlandiya va Estoniyaning Sovet davlatining taʼsir doirasida qolishi, Litva esa Germaniyaga tegishli ekanligi, Latviyaning esa oʻzaro boʻlib olinishi kelishilgan edi.

Shartnomaning bekor qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya 1941-yilning 22-iyun kuni Sovet davlatiga hujum qilib, shartnoma shartlarini buzgan edi. Germaniya tarafdorlari bu hujumga Sovet davlatining chegarada qoʻshin sonining oshirganini sabab qilib koʻrsatadi.[4] Faqat, Sovet davlatiga qilingan hujumning birinchi olti oyidayoq 4 milliondan ortiq sovet askarining halok boʻlishi, aslida Sovet davlatining hech qanday hujum qilish rejasi boʻlmaganini, bunday qaltis harakatlardan oʻzini tiyib turganini koʻrsatadi.[5]

Shartnomaning Yevropa kommunistik partiyalariga taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komintern orqali Sovetlar davlatiga „birodarlik rishtalari“ orqali bogʻliq boʻlgan kommunistik partiyalarning baʼzilari bu shartnomadan soʻng, birin-ketin tarqala boshlaydi. Jumladan, bosib olingan Gretsiyaning kommunistik partiyasi oʻz faoliyatini toʻxtatadi. Yevropadagi kommunistik partiyalar esa fashizmga qarshi umumiy kurashda qatnashishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zabecki, David (2014). Germany at war : 400 years of military history. Santa Barbara, California: ABC-CLIO, LLC. s. 536. ISBN 978-1-59884-981-3.
  2. „Faksimile Nichtangriffsvertrag zwischen Deutschland und der Union der Sozialistischen Sowjetrepubliken, 23. August 1939 / Bayerische Staatsbibliothek (BSB, München)“. 1000dokumente.de. 2 Mayıs 2020 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 14 Mart 2020
  3. Dilimize 2008 yılında çevrilen anılarında Molotov, antlaşmanın gizli maddeleri olmadığını ve Polonyaʼnın işgalinin Almanyaʼnın yayılmasını engellemek amacıyla olduğunu belirtmektedir. Feliks Çuyev, Molotov Anlatıyor / Stalinʼin Sağkoluyla Yapılan 140 Görüşme, Yordam Kitap 2008, ISBN 9944-1-2217-3
  4. Hitler Sovyetlere Neden Saldırdığını Anlatıyor (İngilizce), erişim tarihi: 18 Kasım 2020
  5. Geoffrey Roberts, Stalinʼs Wars: From World War to Cold War, 1939-1953, Yale University Press ISBN 9780300136227 s.66-67

Qoʻshimcha adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]