Gʻarbiy Bug

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻarbiy BugUkraina, Belarus va Polshadagi daryo (koʻp qismi Belorussiya va Polsha chegarasidan oʻtadi), Visla daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 831 km, havzasi maydoni 73470 km2. Ukrainaning Lvov viloyatidagi podolsk qirlaridan boshlanadi. Lyub-lin qirlarining sharqiy chekkasi boʻylab va Mazovets — Podlyasa past-tekisligidan oqib oʻtadi. Zegjin suv omboriga quyiladi. Kuzgi yomgʻirlardan toshqinlar sodir boʻladi. Eng sersuv davri — mart, aprel, eng kamsuv davri — sentabr oyi. Dek. — mart oylarida muzlaydi. Pripyat va Neman daryolari bilan kanallar orqali bogʻlangan.

Oʻrtacha suv sarfi 160 m’/sek. Boshlanishidan 315 km davomida kema qatnaydi. Gʻ.B. sohillarida Brest, Sokal, Chervonograd, Kamenka-Bugskaya, Busk shaharlari joylashgan.