Nabati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nabatiy- tarixan najdiy nomi bilan ham tanilgan, Arabiston yarim orolining arab navlaridan kelib chiqqan xalq arab sheʼriyatidir. Adabiy arab tilining klassik qoidalariga ko'ra yozilgan she'rlardan farqli ravishdadir.

“Xalq she’riyati” va “badaviy she’riyati” nomi ostida ham mashhur bo‘lgan nabotiy she'riyati uzoq yillik tarixga ega bo‘lib, o‘rta asr mashhur tarixchisi Ibn Xaldun tomonidan ilk bor 1377 yilda nashr etilgan “ Muqaddima ” asarida nabotiy shakliga oid ko'plab misollar keltirgan

Nabotiy she’riyati asrlarga borib taqaladigan uzoq tarixga ega. Badaviy shoirlar ushbu janrning tuzilishi, mavzui, mezoni va qofiyasi jihatidan Imru’l Qays va boshqa islomgacha bo‘lgan ko'plab shoirlar ijodiga o‘xshash baytlarni uchratishiz mumkin. Bu qasidalar asrlar davomida mumtoz she'riyat mezonini belgilab berdi. E'tiborga loyiq jihati shundaki, yaqin kunlargacha savodsiz bo'lgan badaviy san'at ustalari tomonidan yaratilgan she'rlarning ruhi va tili bilan bu misollarga yaqin bo'lib kelgan. Taniqli tarixiy nabotiy shoirlar qatoriga 16-asrda Ras al-Xaymada yashab ijod qilgan va bugungi kungacha ham ijodi sheʼriyatga taʼsir koʻrsata oladigan darajada mashhur shoir Ibn Daher kiradi. Fors ko'rfazi mintaqasida "Nabatiy shoirlar shahzodasi" nomi bilan mashhur bo'lgan Ibn Li'bun (1790-1831) ham mintaqadagi boshqa shoirlar bilan yozishmalar olib borgan va uning ijodi ko'plab an'anaviy mashhur kuylarga olib kelgan. Arabistonda.

Nabati uzoq vaqtdan beri eshitish an'anasi bo'lgan va tadqiqotchilar 20 000 she'rni yodlay olish qobilyatiga ega badaviy shoirlarga duch kelishgan.

Mintaqaning kundalik hayotida muhim madaniy elemenlardan biri bo'lgan urush e'lon qilish, tinchlik o'rnatish va qabila nizolarini hal qilish uchun keng foydalanilgan. Bu faqatgina Arabistonga xos bo'lgan jihati hisoblanadi. Shakl nafaqat mintaqaviy madaniyatning, balki 20-asrgacha bo'lgan o'zaro muloqotllarning asosiy elementi bo'lgan, lekin,neft topilganidan keyin mintaqaning rivojlanishi bilan to'xtab qolgan. U sezilarli darajada uyg'onish davridan bahramand bo'ldi va hozirda she'riyat va qo'shiqning mashhur vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Ayniqsa Oisha bint Xalifa Al Suvaydiy (Fatat Al Arab nomi bilan tanilgan) kabi amaliyotchilar mashhur shaxslarga aylangan.

Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nabatiy atamasi Arabistonning shimoli-g'arbiy qismida paydo bo'lganligi va Petra shahrining madaniy markazi bo'lgan arab qirolligi Nabatiy sivilizatsiyasidan olingan deb hisoblanadi.

Birlashgan Arab Amirliklarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr- dunyoning bu vaqtida muhim ahamiyat kasb etgan birinchi klassik arab shoirlari orasida Muborak Al Oqayli (1880–1954), Salem bin Ali Al Ovays (1887–1959) va Ahmad bin Sulayim (1905–1976) lar bor edi. . Salem bin Ali Al Ovays Sharja va Ajman o'rtasidagi Al-Heera qishlog'ida dunyoga kelgan. Arabistonda muhim va mashhur bo'lgan yana uchta shoir mavjud. Bular: Xalfan Musaboh (1923–1946), Sharjaning sobiq hukmdori Shayx Saqr Al Qosimiy (1925–1993) va Sulton bin Ali Al Ovays (1925–2000). Heera guruhi nomi bilan mashhur bo‘lgan va ijod qilgan bu uch shoir Sharjadagi Al-Heera qishlog‘ida tug'ilib o'sgan va yaqin do‘st bo‘lishgan.

Millionning shoiri nomi bilan mashhur bo'lgan eng yirik nabatiy she'riyat tanlovlaridan biri 2006 yildan beri Birlashgan Arab Amirliklarida yiliga ikki marta o'tkazilib kelinadi va realiti-shou sifatida efirga uzatilib kelinmoqda. BAAning birinchi Nabati akademiyasi 2008 yilda tashkil etilgan.

Manbaalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo'shimcha o'qish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bailey, Clinton. Bedouin Poetry from Sinai and the Negev: Mirror of a Culture. Oxford University Press, 1991. 
  • Holes, Clive. The Nabati Poetry of the United Arab Emirates: Selected Poems, Annotated and Translated into English. Ithica Press, 2011. 
  • Sowayan, Saad A.. Nabati Poetry, the Oral Poetry of Arabia. University of California Press, 1985. ISBN 978-0520048829. 2019-yil 27-dekabrda qaraldi.