Nabateya podsholigi
Nabateya podsholigi' - Iordaniya hududida qadimda mavjud boʻlgan davlat (miloddan avvalgi III asr oxiri — II asr boshi — milodiy 106). Miloddan avvalgi VI asr boshida Edem rayoniga arab qabilalaridan nabateylar kelib oʻrnashgan. Ular xaqida ilk marta Bibliyada qayd etilgan. Miloddan avvalgi III asr oxiri — II asr boshlarida poytaxti Petra shahri boʻlgan Nabateya podsholigi vujudga kelgan, u ptolemeylar sulolasi boshqargan Misrning taʼsir doirasiga kirgan. Nabateya podsholigining 1-podshosi — Haritat I (miloddan avvalgi 169 yildan shoxlik qilgan). 87 (yoki 85) yilda Haritat III (miloddan avvalgi 87—62) Damashqni boʻysundirgan. Miloddan avvalgi 60-yillar oxiridan Nabateya podsholigi Rim vassali. Nabateya podsholigining ravnaq topgan davri Haritat IV davriga (milodiy 9—40) toʻgʻri keladi. Nabateya podsholigining soʻnggi podshosi Rabbil II (71 — 106) boʻlgan. 106 yil Rim imperatori Trayan Nabateya podsholigini tugatib, uning hududini Rimning Arabiston provinsiyasiga aylantirgan. Nabateyaliklardan hozir faqat oz sonli yozma yodgorliklar saqlanib qolgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |