Neʼmat Aminov
| Neʼmat Aminov | |
|---|---|
| Tavalludi |
17-iyul 1937-yil |
| Vafoti |
18-oktyabr 2005-yil (68 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
| Mukofotlari |
|
Neʼmat Aminov (1937-yil 17-iyul, Buxoro viloyati, Romitan tumani — 2005-yil 18-oktabr, Toshkent) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Neʼmat Aminov 1937-yil 17-iyulda Buxoro viloyati Romitan tumani Pitmon qishlogʻida temirchi oilasida tugʻilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tahsil olgan (1954-1959). Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir (1961—1973), „Mushtum“ jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir (1973—1995), „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari (1989—1991), respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi rahbari (1995—1999).
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami — „Ikki pullik obroʻ“ 1966-yilda nashr etilgan. Soʻng „Qirq uchinchi pochcha“ (1970), „Labihovuz xandalari“ (1973), „Chinorlar qoʻshigʻi“ (1984), „Yelkasiz polvon“ (1986), „Oʻgʻri mushukcha“ (1987), „Qahqaha“ (1987), „Yallama-yorim“ (1988), „Cholbolaning ertaklari“ (1990) va boshqa hajviy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1976—1983-yillarda „Yelvizak“ va „Suvarak“ qissalari asosida „Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan“ hajviy romanini yaratgan.
Ijodiga xos xalqchillik „Bir asr hikoyati“ (1996) asarida namoyon boʻlgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" unvoni (1992-yil)
- „Mehnat shuhrati“ ordeni (1999-yil);
- „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni (2021-yil)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 17-iyulda tugʻilganlar
- 1937-yilda tugʻilganlar
- Romitan tumanida tugʻilganlar
- 18-oktyabrda vafot etganlar
- 2005-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari
- Alifbo boʻyicha yozuvchilar
- Oʻzbekistonlik erkak yozuvchilar