Myuzikl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Myuzikl (ing . musical — musiqali) — asosan, komediya harakteridagi musiqali sahna asari. Zamonaviy estrada, maishiy musiqa, raqs, drama va operaning ayrim ifoda vositalaridan foydalaniladi. 19-asrning 2-yarmida AQShda yuzaga kelgan (Biknelning "Gʻamgin muttaham" spektakli, 1866). Ayniqsa, 20-asrda keng rivoj topdi. Rojersning "Oklaxoma" (1943), Louning "Mening goʻzal malikam" (1956), Bernstaynning "Vestsayd voqeasi" (1957), Germanning "Xello, Dolli!" (1964) M.lari butun dunyoga mashhur boʻldi. Ular jaz musika xususiyatlari, rivojlangan xoreografik sahnalar, keskin dramatik rivoji bilan ajralib turadi. M.lar Oʻzbekiston teatrlarida ham qoʻyilgan ("Lamanchlik kishi", M.Li; "Serdaromad joy", A. Berlin; "Mening goʻzal malikam", F.Lou va boshqalar). Oʻzbekistonda M., asosan, Bolalar te-atri sahnasida rivojlangan. V. Milov ("Musiqa mamlakatidagi sarguzashtlar", "Ali bobo va 40 qaroqchi", "Boʻgʻirsoq", "Ajdaho va nay"), A. Ergashev ("Tegirmon ustida oftob yarqilaydi", "Ilonqirolicha", "Qor malikasi"), A. Ikromov ("Morozko", "Andersen ertaklari" va boshqalar), A. Mansurov ("Sindbadning sarguzashtlari") kabilar M. yaratganlar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil