Muzaffar mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muzaffar Husayn Mirzodan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muzaffar mirzo, Muzaffar Husayn Mirzo (1473-1509) -Husayn Boyqaronpnt 6-oʻgʻli. Onasi — Xadicha begimdir. M. M. tabiatan xudbin, oʻjar vatantiqedi. Xadichabegim M. M.ni valiahd etib tayinlashga uringan. Biroqudumga koʻra, valiaxdlik Sultonning katta oʻgʻli Badiuzzamon Mirzoning haqqi edi. Sevikli xotini Xadicha begim taʼsiriga tushib qolgan Sulton M. M.ni koʻproq suyardi. Sultonning bu harakati boshqa oʻgʻillariga yoqmas, natijada ular doim otalariga qarshi harakatda boʻlardilar. 1497 yil Husayn Boyqaro M. M.ga eng boy va maʼmur As-trobod viloyatini inʼom qiladi. 1506 yil may oyida Husayn Boyqaro Shayboniyxonga qarshi yoʻlga chiqib, Bobo Ilohiy mavzeida vafot etadi. Xadicha begimning irodasi bilan mamlakat taxtiga Badiuzzamon Mirzo va M.M.lar oʻtiradi. Mamlakatda qoʻsh x,ukmdorlik vujudga keladi. Har 2 shahzoda oʻz taxt-gohini Hirotning 2 chekkasiga quradi. 1507 yil Muhammad Shayboniyxon Xurosonga kirib, 1jangdayoq har 2 shahzodaning qoʻshinini tormor etib Hirotni egallaydi. Badiuzzamon Mirzo Sindga, M. M. esa, Astrobodga qochadi. 1509 yil M. M. Astrobodda bedavo dardga uchrab 37 yoshida vafot etadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil