Muxtor Ashrafiy koʻchasi (Toshkent)
| Avvalgi nom(lar)i | Risovaya koʻchasi |
|---|---|
| Nomi berilgan shaxs/joy | Muxtor Ashrafiy |
| Uzunligi | 2 km |
| Joylashuvi | Toshkent, Oʻzbekiston |
| Tuman(lar) | Yashnobod |
| Diqqatga sazovor joylari | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼmirlash-qurilish boshqarmasi |
Muxtor Ashrafiy koʻchasi — Yashnobod tumanining Ahmad Yassaviy, „Boysun“, Muxtor Ashrafiy va Joʻrabek mahallalari hududida. Fargʻona yoʻli va Qorasuv koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.
XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab 1969-yil 14-fevralda Risovaya nomi berilgan. 1978-yil 15-sentabrdan kompozitor Muxtor Ashrafiy nomi bilan yuritiladi[1].
Yoʻnalishida maktab, bogʻchalar, xususiy korxonalar, yonilgʻi quyish shoxobchalari, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, „Ziyonur“ restorani, „Sevnora“ kafesi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼmirlash-qurilish boshqarmasi, omborxona, shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti vositalari harakat qiladi. Yaqinida bozor shoxobchasi bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.