Mutare tumani


Mutare tumani – Zimbabve sharqidagi Manicaland viloyatida joylashgan tuman. Hududning markazi – Mutare shahridir.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududning tarkibidagi qishloq maydoni 5,523 km2 va shaharlar maydoni esa 191 km2 ni tashkil etadi. Mazkur hudud sharqda Mozambik, shimoli-sharqda Mutasa, shimoli – gʻarbda Makoni, janubi-gʻarbda Buhera hamda janubi-sharqda Chimanimani tumanlari bilan chegaradosh.
Mutare shahri viloyatning shimoli-sharqiy burchagida, Mozambikning chegarasiga yaqin hududda joylashgan. Mutare – tumanning eng yirik shahri va ushbu shahar Zimbabvedagi toʻrtinchi oʻrinda turuvchi yirik shahardir.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilda roʻyxatga olingan hisob-kitoblarga koʻra tumanning qishloq joylarida aholi soni 306 ming 760 kishiga teng. Mutare shahrining aholisi esa 224 802 kishini tashkil etgan[1].
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harare shahridan Mozambikdagi Beira portigacha boʻlgan yoʻl (R5, yoki eski raqamlash tizimida A3) asosiy hisoblanib, sharqiy-gʻarbiy qismi Mutare tumanidan oʻtib, xalqaro chegaralar Mutare shahrining sharqini kesib oʻtadi.
Beira-Bulawayo temir yoʻli alohida temir yoʻl stansiyasiga ega boʻlib, mazkur temir yoʻl ham Mutare shahri orqali oʻtadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Citypopulation.de Population of provinces and districts in Zimbabwe