Kontent qismiga oʻtish

Louvre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Musée du Louvredan yoʻnaltirildi)
Louvre

Luvr (fransuzcha: Musée du Louvre) — dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Avval qirollar qasri boʻlgan Luvrning binosi Parijning markazida, poytaxtning 1-munisipal okrugida joylashgan.

Luvr (Louvre) — jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik — sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 boʻlimdan iborat: tasviriy va amaliy sanʼat, qaykaltaroshlik (oʻrta asrlar, Uygʻonish davri, keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo boʻyicha muhim ahamiyatga ega; fransuz sanʼati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. L.da jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir sanʼat asarlari toʻplangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy toʻplamlar alohida joylashtirilgan.

L. binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy meʼmoriy yodgorlik boʻlib, 13-asr boshi — 14-asrlarda eski qasr oʻrniga qurilgan. 1546—74 yillarda meʼmor P. Lesko renessans usulida saroy qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J. Lemersye, 1624-yildan; L. Levo, 1661—64; K. Perro, 1667—74; L. Viskonti va E. Lefyuel, "Yangi L.", keyinchalik Kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi.[1]

Ilk marotaba muzey eshiklari omma uchun Fransuz Revolutsiyasi davrida 1793-yili 8-noyabrda ochilgan. Uning minglab kartina va haykaltaroshlik namunalari ichida Gioconda (Mona Lisa), Milosslik Venera, Samofrakiyalik Nika kabi mashhur asarlar, Rembrandt, Tizian va Leonardo da Vinci kartinalari bor.

1989-yili qasr oʻrtasiga I. M. Pei yaratgan shisha piramida qoʻshiladi.

Luvr uch asosiy galereyadan iborat — Syulli, Rishelyo va Denon.

Antik sanʼat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fayl:Nike of Samothrace, Paris 16-sentabr 2007-yil.jpg
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil