Kontent qismiga oʻtish

Muqaddas Xoliqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muqaddas Xoliqova
Tavalludi 14-aprel 1960-yil (1960-04-14) (64 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari

Muqaddas Xoliqova (1960-yil 14-aprel, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2001), Oʻzbekiston xalq artisti (2014)[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqaddas Xoliqova 1960-yil 14-aprelda Toshkent shahrida tavvalud topgan. 1977–1981-yilarda Toshkent sanʼat institutining „Teatr va kino aktyorligi“ fakultetida tahsil olgan. 1981-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatriga aktrisa sifatida oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatrdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqaddas Xoliqova sanʼatdagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga qadar takrorlanmas obrazlar yaratib, teatrning yetuk aktrisalaridan biriga aylandi. U Hamzaning „Boy ila xizmatchi“sida Poshshaoyim, F.Musajonovning „Najot istab“ida qaynona, „Avgʻon reportaji“da jurnalist, „Tuhmat“da qizil tanli, Karlo Gatssininig „Baxtli gadolar“ida qiz, Shekspirning „Koriolan“ida ayol, Oʻ. Hoshimovning „Qatogʻon“ida ayol, Y.Muqimov, X.Rasulovovlarning „Spitamen“ da ona, M.Avezovning „Eng suluv kelinchak“ida Zuhra, „Tergov davom etadi“da Farogʻat, „Oʻtgan kunlar“da Toʻybeka kabi yana bir qancha koʻp rollarni mahorat bilan ijro etgan. Erkin Xushvaqtov Muqaddas Xoliqovaning ijodiy imkoniyatlaridan, feʼl-atvoridan kelib chiqqan holda, bundan ir necha yil avval qoʻyilgan „Qalliq oʻyini“ spektaklini hamda „Koʻngil“ pyesasini aynan Muqaddas Xoliqovaga atab yozdi va bu asarlar teatr sahnasida muvaffaqiyat qozondi.[2]

Yil Nomi Obraz Izoh
Kuzning birinchi kuni
Qutqaruv
Oʻtgan kunlar
Kuyov
Yolgʻon gapiradigan yaxshi xotin
Taxtlar oʻyini
Shayton va farishta
Otello [3]

Kinodagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqaddas Xoliqova bir qator videofilmlarda yorqin obrazlar yaratdi. "Alisher Navoiyda" kanizak, Choʻlponning „Kecha va kunduz“, „Bobur“da Jahongir Mirzoning onasi, M.Yunusovning „Layli va Majnun“ida enaga, M.Boboyevning „Koʻngil koʻchalari“da oʻquvchining onasi, M.Asadullayevning „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Tursinoy, „Shunchaki hazil“da ayol kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan. E.Xushvaqtovning „Chimildiq“da xola, „Oshiqlar“, „Nahotki sen“, „Boyvachcha“, „Amakivachchalar“, „Toʻydagi taziya“, „Taqdir charxpalagi“, „Vildon“, „Sevginator yohud qaynona operatsiyasi“, „Merskivich“, „Oʻjar kelin“ kabi filmlarda turli xarakterdagi rollarni ijro etdi. 30 yillik ijodi davomida 100 ga yaqin katta-kichik rollar oʻynab mashhur sanʼatkor sifatida elga tanildi. Uning qoʻshiqlar uchun yaratilgan kilplardagi rollari, „Otalar soʻzi-aqlning koʻzi“, „Dengizdan tomchi“ koʻrsatuvlarida yaratgan obrazlari muxlislar tahsiniga sazovor. Ilk ustozi rahmatli Oʻzbekiston xalq artisti Ikroma Boltayevadan sahna sirlarini oʻrgandi. Yana ustozlari Rixsi Ibrohimova, Toʻti Yusupova, Yayra Abdullayevalar. Muqaddas Holiqova bir qator mashhur rejissiyorlatlr teatrda Oʻzbekiston xalq artisti T.Azizov, M.Azimov, Valijon Rahimovlar bilan birga ishlagan. Kinoda M.Abzalov, A.Shahobiddinov, Y.Toʻychiyev, A.Bekturdiyev, Y.Ortiqov, A.Gʻaniyev, R.Malikovlar yaratgan filmlarda ishtirok etdi

Yil Nomi Obraz Izoh
2007 Vijdon Dilfuzaning ammasi
Sevginator-2
Poyga [4]
Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi Tursinoy
Qodirxon [5]
Oshiqlar
Qaysarginam

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Muqaddas Xoliqova“. muz.uz. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  2. „Aktrisa: Muqaddas Xoliqova (Муқаддас Холиқова)“. www.freekino.net. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
  3. „Aktrisa Muqaddas Xoliqova koronavirusga chalindi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  4. „"Пойга" ("Гонки")“. uzbekkino.uz. 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  5. „Снимается 120-серийный сериал «Кадырхан»“. uzbekkino.uz. 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.