Kontent qismiga oʻtish

Munnaboy 2

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Munnaboy 2

Film posteri
Rejissyor(lar) Rajkumar Hirani
Prodyuser(lar) Vidhu Vinod Chopra
Ssenariynavis(lar)
Hikoya Rajkumar Hirani
Rollarda
Bastakor(lar) Qoʻshiqlar:
Shantanu Moitra
Fon musiqalari:
Sanjay Wandrekar
Shantanu Moitra
Kinematografiya C. K. Muraleedharan
Muharrir(lar) Rajkumar Hirani
Studiya(lar) Vinod Chopra Films
Distribyutor Eros International (Domestic)
Chiqarilgan sanasi
  • 1-sentyabr, 2006-yil(2006-09-01)[1]
Davomiyligi 145 daqiqa[2]
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til Hindcha
Byudjeti 190 million[3]
Daromadi ₹1,262 billion[4]

Munnaboy 2 (asl nomi: “Lage Raho Munna Bhai”)(inglizcha: „Keep Going, Munna Bro“) — 2006-yilda Rajkumar Hirani tomonidan Munnaboy M.B.B.S filmining davomi sifatida suratga olingan, Hindiston satira, komediya va drama janridagi filmi.

Munnaboy (asl ismi Murli Prasad Sharma) ismli “koʻcha” yigitiga radioda boshlovchilik qiluvchi Janvi Sahnining ovozi yoqib qoladi. Radioda 2-oktyabr Maxatma Gandining tugʻilgan kuni munosabati bilan uning hayoti boʻyicha tanlov eʻlon qilinib, mukofot sifatida radioda suhbatlashish vaʼda qilinadi. Munnaboy tanlovda ishtirok etib, gʻolib boʻlishga qaror qiladi. Munnaboy buning uchun yordamchisi Sarkeshvar Sharma bilan bir guruh professorlarni oʻgʻirlab va ularga pora berib, Munna tanlovda gʻolib boʻladi hamda Janvi bilan uchrashadi. Suhbat davomida u Gandi boʻyicha ixtisoslashgan tarix professori ekanligini va uning tamoyillari asosida yashayotganini haqida yolgʻon gapiradi. Shunga qaramay, Janvi undan oʻz uyida Gandi haqida maʼruza oʻqishni soʻraydi va u uni “Ikkinchi hayot uyi” deb nomlangan keksalar jamoasiga taklif qiladi. O‘zining eski hiyla-nayranglaridan foydalana olmasligini tushungan Munna 5 kun ichida Gandi hayoti va ijodini o‘rganish uchun kutubxonaga boradi.

Munnaboy Gandi haqida juda koʻp kitob oʻqidi. Bu vaqtda kelib faqat uning koʻziga Gandi koʻrinib, unga maslahat bera boshladi. Avvaliga Munna jinni boʻlib qoldim deb oʻylaydi, lekin bora-bora Gandining borligiga koʻnikadi. Uning yordami bilan Munna gandichilikning haqida maʼruza oʻqiydi.

Laki Singx Munnaning Janviyni sevib qolganini bilib, unga barcha qariyalar uchun Goa sayohatini tashkil qilib va oʻsha yerda Janviy qoʻlini soʻrashni taklif qiladi. Sayohat paytida Munna Janviyga boʻlgan muhabbatini tan olishga harakat qiladi, ammo bu sayohatda Laki uyni egallash uchun ayyorlik qilgani ayon boʻladi. Ma’lum bo‘lishicha, Lakkining qizi Simran qudratli tadbirkor Xuronaning o‘g‘li Sunni bilan unashtirilgan. Xurana irimchi va uning faoliyatini uning munajjim Batuk Maxaraj boshqaradi. Maxarajning numerologiyadan foydalanishi Xuranani oʻz ismiga qoshimcha “K” qoʻshishiga olib keladi va uni “Ikkinchi hayot uyi” yangi er-xotinga yashash uchun eng qulay joy boʻlishiga ishontiradi.

Munna va Sarkeshvar Lakining qoʻriqchilari bilan janjaldan keyin hibsga olinadi. Janvi ularni garovga qoʻyib, Munnani radio shousiga taklif qiladi va masalani ommaga eʼlon qilib, gandichilikni gʻoyasini yoyishadi. Shouga ilk qoʻngʻiroq qilgan, otasining yomon sarmoyalarini yoʻqotib, pullarini qaytarish uchun taksi haydovchisi boʻlib ishlashga tayyor Viktor Desuza ismli yigit chiqishidan soʻng shou mashhurlikka erishadi. Munnaga Laki bosim qilib, Janviyga uning barcha kirdikorlarini aytishi aytadi. Keyinroq, Gandining talabiga binoan Munna Janviyga xat beradi. Janvi Munna haqidagi haqiqatni bilib yuragi ezilib ketadi va shoudagi noroziliklarni susaytiradi. Shunga qaramay, Munna Laki bilan uchrashadi va uni kurashdan voz kechmasligini aytadi. Janvi radioda boshlovchilik qilishni toʻxtatgandan soʻng, Munna uni mustaqil ravishda olib borishda davom etadi va tinglovchilarga tobora ommabop, ammo muvaffaqiyatli yechimlarni taklif qiladi.

Laki Munnaning Gandi bilan suhbat qilishini ommaga oshkor qilib, uni aqldan ozgandek koʻrsatadi. Simranning toʻyi kuni u otasining Xuronani aldaganligi haqidagi haqiqatni bilib, qochib ketadi. Bu paytda Munna va Sarkeshvar shaharni tark etishdan oldin, radio orqali Janvidan kechirim soʻrash uchun studiyaga kelishadi. Shu paytning oʻzida Viktor Simranni Munna bilan bogʻlaydi. U ham otasining noto‘g‘ri qilmishidan qattiq qayg‘uradi. Laki, Janvi va qariyalar uni tinglayotganda, Munna Xuronaning numerologiyaga boʻlgan ishonchini mantiqsiz deb hisoblab, uni haqiqatni aytishga ishontiradi. Munna va Sarkeshvar toʻyga borib, Maxarajning irimlarini yoʻq qilish uchun oʻzlarining eski hiylalaridan foydalanishadi. Xurana bir soʻz deyolmay qolganda, Sunni otasining gaplarini rad etib, Simranga turmushga chiqadi. Munna va Sarkeshvar politsiyaga ixtiyoriy ravishda taslim boʻlishadi. Qamoqxonaga Janvi kelib, Munna bilan yarashadi. Laki esa uzr soʻrab, uy kalitlarini qaytaradi.

Film oxirida Gandi voqealarning qanday tugashini hikoya qilib beradi: Munna va Janvi turmush qurisha va gandichilik shousini davom ettirishdi, Sarkeshvarni yangi turmush qurgan keksa er-xotin Bomi va Tina asrab olishdi, Viktor nihoyat oʻzi uchun taksi sotib olish uchun yetarli pul topadi. Sunni va Simran baxtli turmush qurishadi va farzand koʻrishadi. Otasi Xuranani numerologiyaga boʻlgan eʼtiqodidan voz kechib, ismidan ham ortiqcha “K” ni olib tashlaydi. Film Munna oʻtirgan kutubxonada oʻtirib, Gandi haqida kitoblar oʻqiyotga Laki bilan tugaydi. Unga oxir-oqibat Gandi koʻrinishi bilanoq, eski odati suratga tushishga kirishib ketadi.

  1. „Moviefone: Lage Raho Munna Bhai“. Moviefone. AOL LLC. 2010-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-may.
  2. „Lage Raho Munna Bhai“. British Board of Film Classification. 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  3. „Lage Raho Munnabhai“. The Numbers. Nash Information Services, LLC. 2007-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-may.
  4. „Lage Raho Munnabhai“. Bollywood Hungama (2006-yil sentyabr).
    „Top Lifetime Grossers Worldwide (IND Rs)“. Box Office India. 2013-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.