Munavvara Usmonova
Munavvara Usmonova | |
---|---|
Tavalludi |
13-iyun 1965-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Shoira |
Mukofotlari | Shuhrat |
Munavvara Abdihakimovna Usmonova — (1965-yil, 13-iyun, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — „Saodat“ jurnali bosh muharriri.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munavvara Usmonova 1965-yil 13-iyunda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. U 1988-yil Toshkent davlat pedagogika universitetining Oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Dastlabki mehnat faoliyatini Marhamat tumanidagi maishiy xizmat koʻrsatish korxonasida kadrlar boʻlimi inspektori sifatida boshlagan. 1992—1996-yillar Marhamat tumani hokimi oʻrinbosari sifatida ishlagan. Munavvara Usmonova mehnat faoliyati davomida O’zbek va xorijiy tillari gimnaziyasi direktor oʻrinbosari (1996—2001), Toshkent Davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey direktor muovini (2001—2007), „Saodat“ jurnali boʻlim muharriri (2008—2010), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi maslahatchisi (2010—2018) kabi lavozimlarda ishlagan. 2018-yildan buyon „Saodat“ jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat olib bormoqda[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munavvara Usmonova betakror shoira. Uning „Diydor“ (1991), „Sizga oʻxshasin“ (2004), „Sogʻinch manzili“ (2007), „Yuragimdasan, Vatan“ (2013), „Bunday elni qaydan topasan?“ (2015), „Keragimsiz“ (2016), „Ona men keldim degin“ (2017), „Bir kuni…“ (2018) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Vatan- ulugʻ darsxona“(2016) publitsistik maqolalar toʻplami chop etilgan. Munavvara Usmonova sheʼriyatida butun borliqqa boʻlgan muhabbat ufurib turadi. Shiora sheʼriyatda oʻz tuygʻularini tabiat, daraxtlar, gular, jamiki borliq vositasida his qilardi. Munavvara Usmonova koʻplab sheʼrlari qoʻshiqqa aylantirilgan. Uning bir qancha asarlari nemis, ozarbayjon, rus, qoraqalpoq va tojik tillariga tarjima qilingan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munavvara Usmonova 2011-yil Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan „Vatan uchun yashaylik“ koʻrik tanlovi hamda 2015-yil „Eng, ulugʻ, eng aziz“ tanlovi respublika gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Munavvara Usmonova 2013-yil samarali ijodi uchun „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „BUGUN TUGʻILGAN KUN. MUNAVVARA USMONOVA — „SAODAT“ JURNALI BOSh MUHARRIRI“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
- ↑ Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.