Mulla Abduxoliq madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mulla Abduxoliq madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Mulla Abduxoliq madrasasi xo‘ja Tabband guzarida joylashgan bo‘lib, 8 hujradan iborat bo‘lgan. Amir Abduahadxon davrida qurilgan. U baʼzi manbalarda Abduxoliqboy go‘rxonasi hujralari deb ham ataladi. Ushbu madrasa faoliyatiga tegishli uchta rasmiy hujjat saqlanib qolgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro qozikaloni Mir Badriddin oliy hukmdorga yozgan arznomalaridan birida Muhammad Yusuf madrasasi mudarrisi mulla Shafi' o‘rniga Abduxoliqboy go‘rxonasi hujralari mudarrisi mulla Hidoyatullaxoja va uning bo‘shagan o‘rniga yaqinda ilm olishni yakunlagan qashshoq va muhtoj mulla Haqberdi tayinlanishini so‘rab iltimos qilgan. Mulla Haqberdiga 4 tilla maosh tayinlangan. Oradan birmuncha fursat o‘tib qozikalon Mir Badriddin Oliy hukmdor nomiga yana bitta arznoma bitgan. U arznomasida Sayyid Aminboy madrasasi mudarrisi mulla Tursun vafot etgani va Abduxoliqboy madrasasi mudarrisi mulla Haqberdi uning o‘rnini egallashdan umidvorligini bildiradi. Mazkur madrasa mudarrisi maoshi 12 tilla qilib belgilangan bo‘lgan. Arznomada mulla Haqberdining o‘rniga oliy Arkda salovat-xonlik qiluvchi mulla Sulton tayinlanishi so‘ralgan. Bu hujjatda Abduxoliqboy madrasasi mudarrisi maoshi 6 tilla ekani taʼkidlangan. Demak, o‘tgan vaqt mobaynida Abduxoliqboy madrasasida mudarris maoshi miqdori oshgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 371.