Mujtabo Xomanaiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
forscha: سید مجتبی حسینی خامنه‌ای
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1969-yil 8-sentabr
Mashhad

Sayyid Mujtabo Husayniy Xomanaiy (forscha: سید مجتبی حسینی خامنه‌ای 1969-yil 8-sentabr, Mashhad) — eronlik din arbobi va mamlakatning nufuzli davlat arbobi. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning oʻgʻli. Davlat rahbari lavozimining ehtimoliy vorisi[1][2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1969-yilda Mashhadda (Razaviy Xuroson viloyati) tugʻilgan. Eron rahbari Ali Xomanaiy ikkinchi farzandi. Maktabni tugatgach, ilohiyotni oʻrganadi. Uning ilk ustozlari Oyatulloh Sayid Mahmud Hoshimiy Sharudiy hamda otasi edi. 1999-yilda shialar uchun muqaddas boʻlgan Qum shahridagi diniy markazida oʻqishni davom ettirgan, soʻngra ulamo boʻlgan. Bu yerda unga Mesboh Yazdiy, Oyatulloh Lotfola Safi Golpayeganiy va Muhammad Bagʻir Hazariy[3] kabi ilohiyot olimlari ustozlik qilgan.

Siyosiy faoliyat va taʼsir doirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda Mojtaba Qum shahrining diniy markazida ilohiyotdan dars beradi [4] . U Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinejodning doimiy tarafdori boʻlib, 2005 va 2009-yillardagi saylovlarda uni qoʻllab-quvvatlagan[5]. Uning otasi, Eron Rahbari Ali Xomanaiy, uning mamlakat ishlariga taʼsirini zaiflashtirishga harakat qiladi. Manbalardan biriga koʻra, ushbu nomuvofiqlik munosabati bilan Mujtabo mamlakat oliy rahbariga suiqasd uyushtirishga aloqador boʻlgan va gumonlanib hibsga olingan[6]. 2013-yilda Ahmadinejod uni davlat mablagʻlarini oʻgʻirlashda ayblaganidan soʻng, tahlilchilar ularining siyosiy ittifoqi tugashi haqida fikr bildira boshlaydilar[7].

Eronning koʻplab tadqiqotchilari fikriga koʻra, Mujtabo Ahmadinejodning saylovdagi gʻalabasida „muhim rol oʻynagan“[8] va hatto 2009-yil iyunida [9] norozilik namoyishlarini qatʼiy bostirishga hissa qoʻshgan. 2009-yil yozida norozilik kayfiyatini tinchlantirishda muhim rol oʻynagan Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusiga rasman boʻysunuvchi "Basij" koʻngilli militsiyasini bevosita boshqarishi haqidagi versiya ham bor[8].

Koʻpgina matbuot xabarlariga koʻra, Mujtabo otasiga kuchli taʼsir koʻrsatadi va uning vorislaridan biri hisoblanadi[8]. Biroq, Eron Konstitutsiyasiga koʻra, oliy rahbar (Rahbar) lavozimi meros boʻlib oʻtmasligi sababli, hamma ham bu versiya amalga oshishiga ishonmaydi. Oliy raxbar lavozimi — bu saylanadigan lavozim boʻlib, yangi Raxbar ekspertlar kengashi tomonidan saylanadi va uni meros qilib qoldirish mumkin emas. Qolaversa, ekspertlarning taʼkidlashicha, „Mujtabo oʻzining kuchli, mustaqil yoʻldan yurish qobiliyatini namoyish etmagan“ va u shia ulamosi boʻlishiga qaramay, rahbar boʻlish uchun zaruriy diniy maqomga ega emas[8]. Koʻpgina konservatorlar, jumladan, IIQKning yuqori iyerarxiyasi Mujtaboni qoʻllab-quvvatlaydi. Koʻpchilik Oliy raxbar oʻgʻlini diniy va siyosiy maqomi bir kun kelib uni oʻz vorisi deb eʼlon qilishi uchun yetarli, deb hisoblaydi[5].

Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mujtabo Eron majlisining sobiq raisi Gʻulom-Ali Odilning qiziga uylangan[10]. Wikileaks saytida chop etilgan maʼlumotlardan biriga koʻra, Mujtabo 2007-yilda Ali ismli oʻgʻil koʻrgan[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sahimi, Mohammad. „Nepotism & the Larijani Dynasty“. PBS (2009-yil 20-avgust). 2017-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  2. „Raisiyning o‘limi Eron oliy rahnamosi o‘g‘lini otasining asosiy vorisiga aylantirdi — Politico“. daryo.uz. Qaraldi: 23-may.
  3. Diba, Bahman Aghai. „Supreme Leader of Iran and His Successor“. Payvand (2011-yil 4-mart). 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyun.
  4. „Iran's Political Elite“. United States Institute of Peace. 2013-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyul.
  5. 5,0 5,1 Jeffrey Fleishman. „Iran supreme leader's son seen as power broker with big ambitions“. Los Angeles Times (2009-yil 25-iyun). 2009-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "latimes_20090625" defined multiple times with different content
  6. „Сына верховного аятоллы Ирана обвинили в покушении на отца“. 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-noyabr.
  7. Nikolas, Katerina. „Ahmadinejad accuses Ayatollah Khamenei's son of embezzlement“. Dijital Journal (2013-yil 15-yanvar). 2012-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Borger, Julian. „Khamenei's son takes control of Iran's anti-protest militia“. The Guardian (2009-yil 8-iyul). 2013-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-iyul. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Borger" defined multiple times with different content
  9. Jeffrey Fleishman. „Khamenei's son: Iran experts say he plays key role in protest crackdown“. Chicago Tribune (2009-yil 25-iyun). 2009-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
  10. Bazoobandi, Sara. The 2013 presidential election in Iran(aniqlanmagan) // MEI Insight. — 2013. — 11 January (Andoza:Бсокр). Архивировано 25 sentyabr 2015 года.
  11. „Expat source's information and views on Mojtaba Khamenei“. The Telegraph (2011-yil 4-fevral). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.