Basij

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Basij
Turi Harbiylashtirilgan ko'ngilli militsiya[1]
Maqomi Yordamchi kuch
Maqsadi Ichki xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, axloqiy politsiya, harbiy zahiralar
Ishga tushgan sanasi 26-noyabr, 1979-yil (43 yil avval) (1979-11-26) (qaror berilgan)[1]
30-aprel, 1980-yil (42 yil avval) (1980-04-30) (tuzilgan)[1]
Hududiy hizmati "Islom inqilobining konstitutsiyasi va maqsadlariga ishongan barcha shaxslarda mamlakatni, Islom Respublikasi rejimini himoya qilish, ofatlar va kutilmagan hodisalarda odamlarga yordam berish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish"
Asoschi(lar)i Ruhulloh Xumayniy[1]
Komandir Brigada generali Gholamreza Soleimani
Budjet Green Arrow Up Darker.svg $357.08 million[2]
Ishchilar soni 90,000 (CSIS taxmini)[1]
Aʼzolari 11 milliondan ortiq zahiradagilar[3]
600,000 available for immediate call-up [4]
Oʻziga tegishli tashkilotlar Mavjud emas(1980–1981)
Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (1981-yildan)
Vebsayti basij.ir
Til(lar)i Forsiy

Basij ( forscha: بسيج , oʻzbekcha: "Safarbarlik"), Niru-ye Moghāvemat-e Basij forscha: نیروی مقاومت بسیج , oʻzbekcha: "Qarshilik safarbar etish kuchlari"), toʻliq nomi Sâzmân-e Basij-e Mostaz'afin ( forscha: سازمان بسیج مستضعفین , oʻzbekcha: "Mazlumlarni safarbarlik tashkiloti")[5], Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining (IIQK) beshta kuchlaridan biri[6]. Bu kuch Basij deb nomlanadi; uning a'zosi forschada basiji deyiladi. 2019-yil iyul holatiga ko‘ra G'ulomrizo Sulaymoniy Basij qo'mondoni.

1979-yilda Eron inqilobi yetakchisi Oyatulloh Humayniy buyrug‘i bilan Eronda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab Humayniy tomonidan Eron-Iroq urushida jang qilishga chaqirilgan harbiylashtirilgan ko‘ngillilardan iborat edi[7]. Akbar Hoshimi Rafsanjoniyning soʻzlariga koʻra,dastlab bu tashkilot mustaqil boʻlgan, 1981-yilning 17-fevralida Eron parlamenti [8] tomonidan Inqilob Qo‘riqchilari Korpusiga rasman kiritilgan va shundan so‘ng ularning oʻrtasidagi xizmatlararo raqobatga barham beriladi[1].

Bugungi kunda kuchlar ko'pincha, rasmiy imtiyozlar evaziga ko'ngilli sifatida qo‘shiluvchi eronlik yoshlardan iborat. Basijiylar ichki xavfsizlikni taʼminlash, jamiyat ustidan davlat nazoratini o‘rnatish[9], huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, ommaviy diniy marosimlarni tashkil etish, axloqiy me'yorlarni tartibga solish, norozilik namoyishlarini bostirish kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yordamchi kuch sifatida xizmat qiladi[10][11]. Bu kuch 2009 yilgi Eron saylovlaridagi keng tarqalgan norozilik namoyishlarida tez-tez ko‘rinish bergan hamda 2017-2018 yillardagi Eron noroziliklariga aralashgan. Basijiylar o'zlarining Eron Oliy Rahbariga sodiqliklari bilan mashhur hamda IIQKga bo'ysunadilar va uning rahbariyatidan buyruq oladilar[12]. Eronning deyarli har bir shahrida basijiylarning mahalliy tashkiloti bor[13].

Basij IIQKning bir qismi bo'lib, AQSh, Bahrayn va Saudiya Arabistoni hukumatlari tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tan olingan[14].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy rahbar Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy 1979-yil noyabr oyida, Eron inqilobi davrida yoshlar militsiyasini tashkil etishga chaqirdi[5]. Basij 1980-yil 30-aprelda tashkil etilgan. Unga 18 yoshdan oshgan va 45 yoshdan kichik erkaklar qo‘shilishlari mumkin edi.

Eron — Iroq urushi paytida yuz minglab odamlar Basijga ko'ngilli bo'lishdi, ular orasida 12 yoshli bolalar va yoshi saksondan oshgan ishsiz qariyalar ham bor edi. Bu ko'ngillilar shialardagi shahidlikka muhabbat, urush safarbarligida vatanparvarlik ruhi singdirilgan kishilar, ko'pincha kambag'al, dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ular maktablarga tashriflar davomida hamda ommaviy axborot vositalari orqali faol rag'batlantirilgan. Urush paytida Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi Basij a'zolaridan ishchi kuchini jalb qilish uchun manba sifatida foydalangan[15]. Basijiylar mina maydonlarini tozalagani yoki dushmanning shiddatini pasaytiruvchi jonli to'lqinlar sifatida foydalanilganligi bilan mashhurlashgan[16]. Taxminlarga ko'ra, bu taktikani qo'llash oqibatida o'n minglab odamlar halok bo'lgan.

Odatiy jonli to‘lqin taktikasi basijiylar uchun (ko'pincha juda yengil qurollangan hamda artilleriya yoki havo kuchlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmagan) saf bo‘ylab oldinga yurish edi. Talofatlar ko'p bo'lsa-da, taktika ko'pincha Iroq muntazam armiyasining yomon tayyorgarlikdan o'tgan a'zolariga qarshi qo'llanilganda ish beradi[17][18].

Dilip Hiroga ko‘ra, 1983-yilning bahoriga kelib basijiylar 2,4 million eronlikni qurol ishlatishga o‘rgatgan va 450 ming nafarini frontga jo‘natgan[19]. 1985-yilda IRNA Hojjatulislom Rahmoniydan iqtibos keltirgan holda basijiylar sonini 3 millionga yaqin, deb ko‘rsatadi[5]. Tehron byurosi 1986-yilning dekabrida frontdagi basijiylarning eng yuqori soni 100 000 ekanini ta'kidlaydi.

Tiklanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

The New York Times gazetasining yozishicha, Eron 1998-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan bayramlar va 1999-yil iyulidagi talabalar noroziliklaridan keyin, islomiy hukumat ko‘chalar ustidan nazoratni qo‘ldan chiqarganini sezdi hamda Basijni qayta faollashtiradi. GlobalSecurity.org bir oz boshqacha vaqt jadvalini keltirib, u 2005-yilda qayta tiklangan, deb ma'lumot beradi .

Eron hukumati basijiylarni saqlab qolish uchun bir qancha rejalar tuzgan. Bu rejalar orasida Basij rivoji (Basij-e-Sazandegi) kabi g‘oyalarga urg‘u berilgan. Eron politsiyasi va Ansor-e-Hizbulloh bilan bir qatorda basijiylar Erondagi talabalar namoyishlarini bostirishda faol ishtirok etmoqda. Basijiylar baʼzan ansorlardan koʻproq “intizomli” boʻlib, urmasliklari yoki hech boʻlmaganda namoyishchilarni tez jarohatlamasliklari bilan ajralib turadilar[20]. Boshqa manbalarga ko‘ra, Ansor-i Hizbulloh Basijning bir qismi deyiladi.

Boshqa fikrlarga asosan, Basijning Eron — Iroq urushida Eronni himoya qilish bo'yicha jangovar missiyasidan hozirgi ichki xavfsizlik tashvishlarigacha bo'lgan o'zgarishi uning obro'-e'tibori hamda mazmunining yo'qolishiga olib kelgan[21].

2009-yilgi saylov noroziliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilgi prezidentlikka muxolifat nomzod Mir Husayn Musaviy shu yilgi Eron saylovlarida yuz bergan norozilik namoyishlari chog'ida basijiylar tomonidan amalga oshirilgan zo'ravonliklarni qoraladi. 2009-yilgi saylovlardan keyin Basijning yomon ishlashi haqida ham xabarlar bor. Bu qo'mondon Husayn Taibning almashtirilishi hamda Basijning o‘sha yil oktyabr oyida Inqilobiy Korpusning quruqlikdagi kuchlariga rasmiy integratsiyalashuviga sabab bo'lgan, deb hisoblanadi[8]. Namoyishlar ortidan Basij qo'mondoni Hojjatulislom Husayn Taib zo'ravonliklarda sakkiz kishi halok bo'lganini va 300 kishi yaralanganini bildirdi[22].

2010-yili Eronda tadqiqot olib borayotgan norvegiyalik talaba avtobusda ketayotganida bo‘linma tomonidan o‘g‘irlab ketilgandan so‘ng Basij lageri ichida dahshatli vahshiyliklarga guvoh bo‘lganini aytadi. Talaba Norvegiya elchixonasi xodimlariga bergan ma'lumotlariga ko'ra, u hibsga olingan siyosiy muxoliflarning "ichaklari kesilgani, yoqib yuborilgani va tartibsizliklarni nazorat qiluvchi yuk mashinasi tagida ataylab bostirilgani"ga guvoh bo'lgan.

Norozilik namoyishlari chog'ida oliy rahnamo Ali Xomanaiy o'z mavqeini saqlab qolishga qaratilgan yangi harbiylashtirilgan Haydaryan kuchini yaratdi; Haydaryon boshqaruvi a'zolarining bir qanchasi basijiylardan chiqqan[23].

Suriya fuqarolar urushi, 2011-yildan hozirgi kungacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

G‘arb tahlilchilarning fikricha, 2013-yil dekabrida Eronning minglab harbiylashtirilgan Basij jangchilari Suriyaga joylashtirilgan. Suriyaning Eron uchun geosiyosiy ahamiyati va uning muhim ittifoqchi sifatidagi roli basijiylarning hozirga qadar davom etayotgan Suriya fuqarolar urushida ishtirok etishiga turtki bo'ldi. Hizbulloh jangchilariga o'xshagan Basij militsiyasi Suriya armiyasi bilan isyonchi kuchlarga qarshi ish oli boradi. Bunday ishtirok mintaqadagi bir qator davlatlar, xususan, Isroil va Turkiya uchun yangi tashqi siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki Eronning ta'siri Suriya mojarosida mamlakatda mafkuraviy va moliyaviy ta'siridan ham ortib bormoqda[24]. Basijning Suriya fuqarolar urushidagi ishtiroki mintaqada Eronning hukmronligini taʼminlash maqsadida Eron tashqi siyosatida ishonchli kuch sifatida militsiyaning faol qoʻllanishini aks ettiradi [ [25] ] va Suriyadagi fuqarolar urushi Suriya ozodlik armiyasi rahbari Salim Idrisni xavotirga qo‘yadi[26].

Tashkilot va a'zolik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Basij Islom Inqilobi Qo'riqchilari Korpusining beshinchi bo'limini tashkil qiladi. U Imom Husayn brigadalari va Imom Ali brigadalari (xavfsizlik tahdidlari bilan shug'ullanuvchi bo‘linmalar)ni o‘z ichiga oladi. Basijning kichik guruhlariga Basij boshlang'ich o'quvchilar [ Basij-e Danesh-Amouzi ], Basij talabalari [ Basij-e Daneshjuyi ], Basijlari universiteti, Basij davlat xizmati ( Basij-e Edarii ) va Basij qabilalari kiradi[27]. Tehron byurosi, shuningdek, "Basijiylar uyushmasi" ( Basij-e Asnaf ) va "Basijiy mehnatkashlari" ( Basij-e Karegaron )ni ham sanab o'tadi[8]. Basijiylar soni bo'yicha hisob-kitoblar turlicha bo'lib, uning rahbariyati tashqi manbalarga qaraganda yuqoriroq raqamlarni keltirmoqda. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 23,8 mln. 2020 yilga kelib Eron atrofida 54 000 ta baza bor edi[28].

Rahbarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda Basijga 2019-yilda G‘ulomhusayn G‘aybparvar o‘rniga kelgan G‘ulomrizo Sulaymoniy qo‘mondonlik qilmoqda[29].

No. Tasvir Qoʻmondon Lavozimga kelishi Lavozimdan ketishi Mansab yillari Man.
1
Amir Majd
Majd, AmirAmir Majd1979 Dekabr1981 Dekabr1–2 yil[30]
2
Ahmad Salek
Salek, AhmadAhmad Salek
(tavalludi tax. 1946)
1981 Dekabr1984 Fevral2–3 yil[30]
3
Muhammad-Ali Rahmaniy
Rahmoniy, Muhammad-AliMuhammad-Ali Rahmaniy
(tavalludi 1943)
1984 16-fevral1990 yanvar5–6 yil[30][31]
4
Aliriza Afshor
Afshor, AlirizoBo‘linma generali
Aliriza Afshor
(tavalludi tax. 1951)
199019987–8 yil
5
Muhammad Hijoziy
Hijoziy, MuhammadBo‘linma generali
Muhammad Hijoziy
(1956–2021)
199820078–9 yil
6
Husayn Toyib
Toyib, HusaynBo'linma generali
Husayn Toyib
(tavalludi 1963)
200720091–2 yil
7
Muhammad Rizo Naqdiy
Naqdiy, Muhammad RizoBo‘linma general
Muhammad Rizo Naqdiy
(tavalludi tax. 1952 or 1961)
200920166–7 yil
8
G‘ulomhusayn G‘aybparvar
G‘aybparvar, G‘ulomhusaynBo‘linma generali
G‘ulomhusayn G‘aybparvar
201620192–3 yil
9
G‘ulomrizo Sulaymoniy
Sulaymoniy, G‘ulomrizoBo'linma generali
G‘ulomrizo Sulaymoniy
(tavalludi 1964)
2019Amaldagi3–4 yil

Vazifalari va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Ozodlik” radiosiga ko‘ra, urush oxiriga kelib, basijiylarning aksariyati xizmatni tark etib, ko‘p yillar frontda bo‘lganidan keyin odatiy hayot tarziga qaytishgan[27]. 1988-yilga kelib Basij nazorat punktlari soni keskin kamaydi , lekin basijiylar hali ham hijobga rioya qilishni nazorat etishar, ayollarni kiyinish qoidalarini buzganliklari uchun hibsga olishar va yoshlarni aralash jinsdagi partiyalarga ishtirok yoki qarama-qarshi jinsdagi qarindoshlar bilan jamoat joylarida yurganlik uchun qamashda davom etishardi. [32]

Vazifalar viloyatga qarab farq qiladi. Basijiylar sharqiy chegara hududlarida giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchilarga, Hurmuzg'on, Bushehrda hamda Iroq bilan chegarada kontrabandachilarga qarshi joylashtirilgan.

1988-yilda kollej kampuslarida " Vestoksifikasiya " va hukumatga qarshi potensial talabalar tashviqotiga qarshi kurashish uchun Basijiy kollej tuzilmalari tashkil etildi[32].

Ashuro brigadalari 1993-yilda tuzilgan. Ushbu islomiy brigadalar ham Inqilob soqchilari, ham basijiylardan tashkil topgan va 1998-yilga kelib ularning soni 17 000 kishiga yetgan[5].

Golkar [9] fikricha, basijiylar davlat mafkurasini targ‘ib qilish, siyosiy kampaniyalarda tashviqot mashinasi boʻlib xizmat qilish, diniy boshqaruvni oqlash, siyosatchilarni himoya qilish, islom axloqi va qoidalarini tatbiq etish uchun ishlatiladi. Ular Eron Islom Respublikasining millionlab informatorlarga ega bo'lish haqidagi umumiy rejasining bir qismidir. Basijiylar muxolifatga ham putur yetkazadi, masalan, qo'zg'olon va namoyishlarni bostirishda asosiy rol o'ynaydi. [9]

Urushga tayyorgarlik ko'rish uchun basijiylarga shahidlikning foydalari haqida tushuncha beriladi[9].

A'zolarning imtiyozlari va profili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xabar qilinishicha, Basij a'zolari uchun imtiyozlar orasida eronlik erkaklar uchun zarur bo'lgan 21 oylik harbiy xizmatdan ozod qilish, universitetlarda ajratilgan o'rinlar hamda kichik miqdordagi stipendiya kiradi. Basij a'zolari a'zo bo'lmaganlarga qaraganda ko'proq davlat lavozimlarini, ayniqsa, hukumat nazorati ostidagi muassasalarda xavfsizlik bilan bog'liq lavozimlarni egallashlari mumkin. Ba'zilar Basijga haqiqiy diniy e'tiqodlari tufayli qo'shilgan bo'lsa, boshqalari Basijga a'zolik imtiyozlaridan foydalanish, shuningdek, universitetga kirish uchun yoki davlat ishlarida ko'tarilish vositasi sifatida qo'shilgan[9][33].

Siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nazariy jihatdan basijiylar Eron konstitutsiyasi bilan siyosatda ishtirok etishlari taqiqlangan, biroq uning rahbariyati, ayniqsa, 2005-yilda prezident Mahmud Ahmadinajod saylovi paytida, hatto undan keyin ham basijiy sifatida faol bo‘lgan, deb hisoblanadi. O'tgan saylovlarda militsiya a'zolari ham qattiqqo‘l, ham islohotchilarga ovoz bergan. Prezident Ahmadinajod militsiya a'zolari tomonidan sezilarli darajada faol qo'llab-quvvatlangan, ko'pchiligi uning prezidentligi davridagi siyosatidan foyda ko'rgan. [34] Oliy Rahbar Xomanaiy Basijni “Eron xalqining eng katta umidi” va “beg‘ubor daraxt” deb ta’riflagan. [12]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Robin B. Wright, ed. (2010), The Iran Primer: Power, Politics, and U.S. Policy, US Institute of Peace Press, pp. 62–65, ISBN 978-1601270849 
  2. „Iran decreases IRGC budget for next year“. AzerNews Newspaper (18-yanvar 2016-yil). 23-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2016-yil.
  3. „تعداد اعضای بسیج بیش از 25 میلیون نفر“. 13-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2022-yil.
  4. Kenneth Katzman (6 February 2017), "Iran's Foreign and Defense Policies", Congressional Research Service (Federation of American Scientists): p. 24, https://fas.org/sgp/crs/mideast/R44017.pdf, qaraldi: 1 March 2017 Basij]]
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 John Pike. „GlobalSecurity.org Intelligence: Mobilisation Resistance Force“. 30-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  6. Forozan, Hesam (2015), The Military in Post-Revolutionary Iran: The Evolution and Roles of the Revolutionary Guards, Taylor & Francis, pp. 56–58, ISBN 978-1317430735 
  7. „Basij Militia“. The New York Times (2-dekabr 2011-yil). 15-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 Alfoneh, Ali (2013), Iran Unveiled: How the Revolutionary Guards Is Transforming Iran from Theocracy into Military Dictatorship, AEI Press, p. 49 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Golkar, Saeid. Captive Society: The Basij Militia and Social Control in Iran.. Washington, DC: Woodrow Wilson Center Press, 2015. ISBN 978-0-231-80135-5. 
  10. Molavi, Afshin, The Soul of Iran, W. W. Norton, (2005), p. 88, 316–318
  11. Neil MacFarquhar. „Shadowy Iranian Vigilantes Vow Bolder Action“. The New York Times (19-iyun 2009-yil). Qaraldi: 19-iyun 2009-yil.
  12. 12,0 12,1 „Supreme Leader's Speech to Basij Members“. Khamenei.ir (3-may 2008-yil). 12-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2013-yil.
  13. Molavi, Afshin, The Soul of Iran, W.W. Norton, (2005), p.88
  14. „Saudi, Bahrain add Iran's Revolutionary Guards to terrorism lists“. Reuters (23-oktabr 2018-yil).
  15. Khomeinis Warriors: Foundation of Irans Regime, Its Guardians, Allies around the World, War Analysis, and Strategies by Mehran Riazaty, ISBN 978-1514470336
  16. Khomeini: Life of the Ayatollah by Baqer Moin
  17. Cited in: Erich Wiedemann, "Mit dem Paradies-Schlüssel in die Schlacht", in: Der Spiegel, no. 31/1982, p. 93.
  18. Iran at War: 1500–1988 (Pg. 363) By Kaveh Farrokh
  19. Hiro, Dilip, Iran under the Ayatollahs, Routledge and Kegan, 1985, p.237
  20. Molavi, The Soul of Iran (2005), p. 318
  21. Scott Peterson (16 June 2003). "Iran's angry young adults erupt in political protest 16.6.2003". The Christian Science Monitor. Archived from the original on 10 November 2014. https://web.archive.org/web/20141110152706/http://www.csmonitor.com/2003/0616/p01s04-wome.html. Qaraldi: 10 November 2014. Basij]]
  22. Iran opposition says 72 died in post-poll unrest Reuters. 3 September 2009
  23. „Iran: The Supreme Leader's New Security Force“. 1-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentabr 2017-yil.
  24. „Iranian Forces on the Golan?“. Jerusalem Center For Public Affairs (29-may 2013-yil). 13-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  25. „The Arab world fears the 'Safavid'“. Jerusalem Center For Public Affairs. 10-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  26. Gordon, Michael R.. „Iran and Hezbollah's Support for Syria Complicates U.S. Strategy on Peace Talks“. The New York Times (21-may 2013-yil). Qaraldi: 24-fevral 2017-yil.
  27. 27,0 27,1 „Iran's Basij Force – The Mainstay Of Domestic Security“. Radio Free Europe / Radio Liberty (15-yanvar 2009-yil). 10-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  28. سردار سپهر: ۵۴ هزار پایگاه بسیج برای رزمایش کمک مومنانه فعالیت می کنند
  29. „Ayatollah Khamenei names new military commanders“. Tehran Times (2-iyul 2019-yil). Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
  30. 30,0 30,1 30,2 Nikola B. Schahgaldian, Gina Barkhordarian (March 1987), The Iranian Military Under the Islamic Republic, RAND, ISBN 0-8330-0777-7, https://www.rand.org/content/dam/rand/pubs/reports/2007/R3473.pdf, qaraldi: 15 January 2017 Basij]]
  31. Golkar, Saeid. Captive Society: The Basij Militia and Social Control in Iran. Washington D.C.: Columbia University Press, 2015 — 15, 18 bet. 
  32. 32,0 32,1 Molavi, The Soul of Iran (2005), p. 89
  33. McDowall, Angus (21 Jun 2009). "Iran's Basij force: the shock troops terrorising protesters". Daily Telegraph (London). Archived from the original on 29 May 2018. https://web.archive.org/web/20180529200759/https://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/middleeast/iran/5588291/Irans-Basij-force-the-shock-troops-terrorising-protesters.html. Qaraldi: 2 April 2018. Basij]]
  34. „Profile: Basij militia force“. BBC News (18-iyun 2009-yil). Qaraldi: 27-iyun 2009-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]