Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Fazl Balxiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Fazl Balxiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, so‘fiy

Muhammad ibn Fazl (toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl ibn Abbos ibn Hafs Balxiy; ?, Balxhij. 319-yilda vafot etgan, Samarqand)— ulamo, shayx[1].

Muhammad ibn Fazl Balxiy Balxda yashab, mashhur shayx Ahmad Xizruyaning (vafoti 240/854-yil) shogirdi boʻlgan. Balxdan haydalib, Samarqandda yashagan va shu yerda 319/931-yilda vafot etgan.

Muhammad ibn Fazl Balxiy mashhur olimlar Abulqosim Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abu Mansur Moturidiy Samarqandiylarga ustozlik qilgan. Abu Abdurrahmon Sullamiy: „Xuroson mashoyixlarining ulugʻlaridan boʻlgan“, — deydi. Muhammad ibn Fazl Balxiy Ibn Imodning „Shazarotu-z-zahab“, Ibn MulqinningTabaqotu-l-avliyo“ va V. V. BartoldningTurkistonning madaniy hayoti tarixi“ nomli asarida eslatib oʻtilgan[2].

  1. Tursun 2006, s. 201.
  2. Abu Abdurrahmon Sullamiy. Tabaqotu-s-sufiyya. - B. 171-175.
  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
  • Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.