Muhammad ibn Dovud Iylaqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Dovud Iylaqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Muhammad ibn Dovud Iylaqiy(arabcha:محمد بن داود لكى —Muhammad ibn Dovud Iylaqiy — Toʻliq ismi: Xatib Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud ibn Ahmad ibn Rizvon Iylaqiy (vafoti 539/1144-yil)) — faqih.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad ibn Dovud Iylaqiy Fargʻonaning „Iylaq“ qishlogʻidan boʻlib, ilm izlab Marv va Nishopurga safar qilgan. Manbalarda allomaning shofiʼiy faqihlaridan boʻlganligi zikr qilinadi. Ustozlari qatorida hadis ilmi sohasida Abu Abdulloh Muhammad Faroviy (440/1048—503/1109-yil), tariqatda Hasan ibn Masʼud Faroiy, xilof ilmida Muhammad ibn Yahyo Jiziy kabi olimlarning ismlari zikr qilinadi. Muhammad ibn Dovud Iylaqiy vafoti oldidan Marvga kelib, bir muddat Amoliy madrasasida Abu Saʼd Samʼoniy huzurida yashagan va Samʼoniy undan hadis tinglagani haqida maʼlumotlar bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qoriyev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Bur-honiddin al-Margʻinoniyil — B. 67.