Kontent qismiga oʻtish

Muhammad as-Samarqandiy (qiroatchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad as-Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1379-yil (hijriy 780-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi qiroatchi

Andoza:Wikidata image

Muhammad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy (Shamsuddin) (hijriy 780-yil (milodiy 1379-yil)da vafot etgan) — asli samarqandlik bo‘lgan, qiroat ilmini bilgan. Hamadonda tug‘ilgan. Bag‘dodda yashagan.

  • as-Sanoiʼ allati iltazamaha fi Musʼhaf“ („Musʼhaf yozishdagi mahorat“, muallif ushbu asarni o‘z dastxati bilan yozgan);
  • al-Qiroatu-s-sabʼ“ („Yetti xil qiroat“);
  • Kashfu-l-asror fi rasmi masohifi-l-amsor“ („Turli shaharlardagi musʼhaflarning yozuvidagi sirlarning kashf etilishi“);
  • at-Tajrid fi-t-tajvid“ („Tajviddagi tajrid“);
  • al-Aqdal-farid fi nazmi-t-tajrid“ („Tajrid nazmidagi yagona marjon“);
  • Izohu-l-xavolif fi rasmi masohifi-s-savolif“ („Salaflar tomonidan ko‘chirilgan Musʼhaf nusxalaridagi xatlarning turli-tumanligiga izoh“);
  • Izohu-l-qavoid fi-l-muammo“ („Muammo janri haqidagi qoidalarga izoh“)[1].
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 138-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.