Muhammad al-Bardaʼiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Bardaʼiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1521-yil (hijriy 927-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim

Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad al-Bardaʼiy at-Tabriziy, al-Hanafiy (Muhyiddin) (Bodirnada hijriy 927-yil (milodiy 1521-yil)da vafot etgan) — baʼzi ilm sohalarida faoliyat olib borgan olim. Rum hukmdorlaridan boʻlgan. Padari buzrukvori va boshqalardan saboq olgan. Sheroz va Hirotga borib, u yerdagi baʼzi ulamolardan ilm oʻrgangan. Soʻngra Rum oʻlkasiga borib, Brusa shahridagi Ahmad posho madrasasida, keyinchalik Bodirnada dars bergan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Havoshala tafsiri-l-Bayzoviy“ („Bayzoviy tafsiriga hoshiya-izohlar“);
  • Havoshala hoshiyati sharhi-t-tajrid“ (Sayyid Sharifning „Hoshiyatu sharhi-ttajridasariga hoshiya-izohlar");
  • Havosh ala-t-talvih“ („at-Talvihasariga hoshiya-izohlar");
  • Sharhala odobi-l-bahs“ ("UzduddinningOdobu-l-bahsasariga sharh")[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 162 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.