Muhammad Yoqub Chingiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhammad yoqub chingiy (17 a. 2-yarmi — 18-asr boshlari, Hindiston) — lugʻatshunos olim. Boburiylar sulolasi vakillaridan Avrangzeb hukmronligidavri (1658—1707)dayashagan. M. Yo. Ch. tarjimai holi boʻyicha uning saroyda xizmat qilgani, "Kelurnoma" nomli oʻzbekcha-forscha lugʻat tuzganidan boshqa maʼlumot mavjud emas. Ushbu lugʻat 15 bobdan iborat boʻlib, uning 1 —14-boblarida 400 ga yaqin turkiy (oʻzbekcha) feʼllar arab alifbosi tartibida har biri 15 tagacha shaklda berilgan. Mac, aytmoq feʼli asosiy shakl sifatida keltirilib, undan keyin aytti — aytiptur — aytur — aytibidi — aytadur — aytmadi — aytmaptur — aytmas — aytmabidi — aytmadur — ayt — aytma — aytarbiz — aytmasbiz kabi zamon va mayl shakllari forscha tarjimasi bilan berilgan. Lugʻatning soʻnggi, 15— bobi, oʻz navbatida, 9 ta qismga boʻlinadi: bunda 820 ga yaqin soʻz va shakllar mavzu guruhlariga boʻlib berilgan.

M.Yo.Ch. "Kelurnoma"ni tuzishda 17-asrda Hindistonda yashagan turkiyzabon aholining ogʻzaki nutqidagi lugʻaviy birliklarni qamrab olishga harakat qilgan. Bunday birliklarning aksariyati hozirgi oʻzbek tilida ham qoʻllansa, ayrimlari (arna, atan, acha, egachi, engak, but, ildirim va boshqalar) oʻzbek tili shevalarida uchraydi, baʼzi birlari esa arxaiklashib, hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanmaydi. Lugʻatning 2 ta qoʻlyozma nusxasi mavjud boʻlib, ularning biri Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida (inv. №5052), ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Muhammad Yakub Chingi, Kelurname (starooʻzbeksko-persidskiy slovar XVIII v.). Vvedeniye, transkripsiya, perevod teksta, glossariy A. Ibragimovoy, T., 1982.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil