Kontent qismiga oʻtish

Hijra

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hijra (arab. — koʻchib oʻtish) — Muhammad (sav) va tarafdorlarining Makkadan Madinaga koʻchishi. Oʻz diniy targʻibotini Makkada boshlagan Muhammad (sav) quraysh mushriklarining unga nisbatan dushmanligi kuchayishi, vaziyatning ogʻirla-shishi natijasida 622 yil safdoshlari bilan Madinaga koʻchishga majbur boʻldi. Koʻchish bir necha oy davom etgan, 638 yilda xalifa Umar buyrugʻi bilan musulmonlar oʻrtasida H. bilan bogʻliq taq-vim amalga kiritilgan, yaʼni 622 yil musulmon yil hisobining boshi deb eʼlon qilingan (Hijriy yil hisobi).[1]

  1. „Hijra“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (H-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.