Muhammad Rahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Rahmon
Tavalludi 18-noyabr 1949-yil
Vafoti 2010-yil
Kasbi shoir
Ijod qilgan tillari oʻzbek tili
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Muhammad Rahmon (1949-yil 18-noyabr Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Ovlat qishlogʻda tavallud topgan) — oʻzbek adabiyotining isteʼdodli shoiri[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Rahmon 1949-yil 18-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Palandara qishloq kengashi, Ovlat qishlogʻida dunyoga keldi. Ota-onadan oʻn yoshida yetim qolgan Muhammad Rahmon mehribonlik uyida tarbiyalandi. Keyinchalik Kitob tumanidan bir guruh bolalar Termiz shahriga yuborilib, Surxondaryo viloyatida taʼlim-tarbiya oladi. Bolalar uyidagi oʻsmir Muhammad Rahmonning isteʼdodini erta payqagan shoir Tesha Saydali uni oʻz tarbiyasiga oldi[2]. Yuqori sinfga oʻtgan Muhammad Rahmon Tesha Saydaliyevning tavsiyasi bilan „Surxondaryo haqiqati“ viloyat gazetasida adabiy hodim boʻlib oʻz faoliyatini yurita boshladi. Uni turli maqola, sheʼr, lavhalari elga mashhur qildi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir Muhammad Rahmonning "Bolalik" deb nomlangan dastlabki sheʼri oʻn ikki yoshida "Gulxan" jurnalida nashr etildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1967—1972). "Choʻlpon" nashriyotida muharrir va boʻlim mudiri lavozimlarida oʻz faoliyatini olib bordi (1972—1980). 1980-yildan umrining soʻnggigacha masʼul vazifalarda xizmat qilgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoirning „Muvozanat“, „Yashil daryo“[3], „Yuragimning dasxati“, „Ijobat“, „Asraganim, avaylaganim“ nomli sheʼriy toʻplamlari va bolalarga atalgan „Momoqaymoq“, „Yerga tushgan kamalak“, „Qanotli tushlar“ nomli majmualari nashr etildi. „Yoʻl koʻrayotgan odam“(2010-yil) saylanmasiga turli yillarda yozilgan sheʼrlari va „Adabiy nido“ dramatik dostoni jamlangan. U tarjimon sifatida rus shoiri K.Chukovskiy[4], fransuz kompazitori A. Bertonning sheʼrlarini, avstriyalik adiba Velskof-Genrixning „Tokay Ito“ romanini ona tilimizga oʻgirib tarjima qildi. Isteʼdodli shoir Muhammad Rahmon 2010-yilda vafot etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [„Muhammad Rahmon (1949—2010)“ https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/muhammad-rahmon-1949—2010 „Muhammad Rahmon“] (2013-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 5-aprel. [sayt ishlamaydi]
  2. [„Теша Сайдалиев (1933—1972) — www.ziyouz.uz“ https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-zamonaviy-sheriyati/tesha-saydaliev-1933-1972/ „Tesha Saydaliyev“] (5-aprel). Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
  3. „Muhammad Rahmon „Yashil daryo“ (1979) kitobidan she’rlar. | Xurshid Davron kutubxonasi“ https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/muhammad-rahmon-yashil-daryo-1979-kitobidan-sherlar.html
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil