Muhammad Oxund Xonqaiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Oxund Xonqaiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi XIX asr
Vafoti Xonqa, Xiva xonligi
Dini Islom

Muhammad Oxund Xonqaiy – XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xonqada yashab tarjimonlik va kitob nusxalash bilan shugʻullangan. Taxminan 1840-yillarda Xonqada kosib oilasida tugʻilgan. Sayid ota masjidiga yaqin joyda yashagan. Muhammad Oxund Xonqaiy dastlabki savodini madrasada olga. Muhammad Oxund Xonqaiy arab va fors tillarini yaxshi bilagnaligi uchun Muhammad Rahimxon bilan yaxshi aloqada boʻlgan[1]. Feruz barcha shoirlar va tarjimonlarni saroyga yigʻib arabcha, turkcha va forscha yozilgan kitoblarni tarjima qilishni buyurgan. Shunda Muhammad Oxund 3 ta yirik asarlarning tarjimasi bilan shugʻullanadi.

Tarjima qilgan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qissasi Abu Ali inb Sino[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyovuddin Said Yahyoning qalamiga mansub „Qissasi Abu Ali inb Sino“ asarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Kitobda tabobat ilmi, Ibn Sinoning hayoti va faoliyati shuningdek, islom dini qonun-qoidalari bayon etilgan.

Manafi ul inson[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulgʻozi Bahodirxon tomonidan yozilgan Manafi ul inson asarini ham tarjima qilgan. Asar tabobatga oid boʻlib 1902-yilda Muhammad Oxund Xonqaiy tomonidan Xivada Koʻchirilgan. Asardan parchalarni Rajabboy Sobirov oʻzining „Dorivor giyohlar bilan davolash“ asarida keltirib oʻtgan[1]. Manafi ul inson asari Xiva xoni Abulgʻozi Bahodirxon tomonidan 1657-yilda yozilgan. Asarda asosan insonlarning kasalliklarini turli xil giyihlar bilan davolash bayon etilgan

Manofe un nos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarning muallifi Mavlono Hidoiy boʻlib hozirda bu asarning Muhammad Oxund Xonqaiy tomonidan qilingan nusxasi Germaniyaning Myunxen shahar kutubxonasida saqlanadi. Asar 60 bobdan iboratdir[2].

Anis ul voizin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Voizlar doʻsti asari Quraysh Sindiy[3] qalamiga mansub boʻlib Muhammad Oxun tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asar Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasida qoʻlyozma tarjima asarlar boʻlimida saqlanadi va 1297-yilda yozilganligi qayd etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.
  2. https://cyberleninka.ru/article/n/mavlono-nidoiyning-manofe-un-nos-asari-haqida/viewer
  3. Oʻqituvchining nutq madaniyati. Nematulla Elmurodov. Samarqand. 2004.