Muhammad jahongir mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammad Jahongir Mirzodan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muhammad jahongir mirzo, Jahongir Mirzo (1356 yil yozi — 1376 yil oʻrtalari) — Amir Temurinnt toʻngʻich oʻgʻli. 1355 yil Sohibqiron amir Qazagʻonning nabirasi, Husayn ibn Musallabnint singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylanadi. 1356 yil yozida ularning nikohidan M.J.M. tugʻiladi. Oʻljoy Turkon ogʻo 1366 yil oxirida vafot etadi. Sohibqironning bu xotinidan M.J.M. dan tashqari qizi Sultonbaxt begim ham bor edi. Movarounnahrni birlashtirish uchun boʻlgan kurashlarda Jahongir otasiga faol yordam bergan. 1374 yil iyunida Xorazm hokimi Yusuf Soʻfiyning ukasi Oq Soʻfiyning qizi Sevin bekaga uylangan. Oq Soʻfiy Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonnkng qizi Shakarbekaga uylangan edi. Shuning uchun bularning qizi Sevin beka koʻproq Xonzoda nomi bilan maʼlum edi. Amir Temur Moʻgʻulistonta. yurishi chogʻida suyukli oʻgʻli Jahongir ogʻir betob boʻlganidan xabar topib darhol orqaga qaytgan. M.J.M. 1376 yil oʻrtalarida 20 yoshida vafot etadi. Uni Shahrisabz (Dor-ussiyodat)ga dafn etadilar. Undan ikki farzand: Xonzodadan tugʻilgan 11 oylik Muhammad Sulton va otasining oʻlimidan qirq kun keyin Ilyos Yasovuriyning qizi Baxt Mulk ogʻodan tugʻilgan Pirmuhammad qolgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil