Muborak Yo‘ldoshev
Muborak Saydaqulovich Yoʻldoshev (1934-yilda tugʻilgan, Chimkent, Qozogʻiston SSR — 2018) — qozoq va oʻzbek rassomi. Oʻzbekiston xalq artisti (2000)[1].
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1934-yilda Qozogʻiston SSRning Chimkent shahrida, musulmon olamida hurmat-e’tiborga ega Saidzodalardan boʻlib, toʻqson toʻrt yoshni qarshilagan otaxon Yoʻldoshxoʻja ibn Saydakilxon shu oilada tugʻilgan, koʻp bolali oilaning kenja farzandi edi. SSSR siyosati bilan bogʻliq diniy ta’qiblar tufayli otasi Yoʻldoshxoʻja hukmron kuchlar tomonidan qoʻzgʻolonlarga chidashga majbur boʻladi va rafiqasi vafotidan keyin kenja oʻgʻli bilan Tojikiston SSRga koʻchib oʻtadi.
Muborak oʻrta maktabni Tojikiston SSR Qoʻrgʻontepa viloyatidagi “Komintern” kolxozida tamomlagan. 108 yoshli otasi vafotidan keyin Muborak Dushanbedagi bolalar uyiga topshiriladi. Mehribonlik uyi pedagoglari bolaning tasviriy san’atga boʻlgan qiziqishini payqab, uni “Kamoliddin Bekzod” nomidagi Dushanbe rassomlik bilim yurtiga tavsiya qilishdi. 1952-yilda u ushbu dargohning oʻquvchisiga aylanadi.
1956-yilda ushbu bilim yurtni a’lo baholarga tamomlab, Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining “teatr dekorasiyasi” fakultetiga oʻqishga kiradi[2].
1962-yilda “Vaslar qoʻzgʻoloni”, “Nasriddin Buxoroda” mavzularida ikkita diplom ishini imtiyozli ravishda topshirib, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent opera va balet teatriga sahnalashtiruvchi rassom sifatida yuborilgan. U teatr sahnasida Puchchinining "Floriya Toska" operasini sahnalashtirdi, shu tariqa Oʻzbekiston ensiklopediyasiga kiradi. 1964-yilda Samarqand opera va balet teatri ochilishi munosabati bilan u yerga bosh rassom lavozimiga oʻtkaziladi. Keyin Samarqand teatri sahnasida 14 dan ortiq spektakllarni (“Balero”, “Tohir va Zuhra”, “Zafar”, “Kashmir afsonasi”, “Samarqand afsonasi”, “Afsungar muhabbati”, “Ravshan va Zulxumor”, "Jizel", "Layli va Majnun", "Bogʻchasaroy fontani", "Hamza" va boshqalar) sahnalashtirdi. “Layli va Majnun” spektakli “Sovet kino va teatriga 50 yil” Butunittifoq kitobiga, “Yoril-tosh” operasi esa Oʻzbekiston ensklopediyasiga kiritilgan.
1964-yilda Samarqand opera va balet teatri ochilishi munosabati bilan u yerga bosh rassom lavozimiga oʻtkaziladi. Keyin Samarqand teatri sahnasida 14 dan ortiq spektakllarni (“Balero”, “Tohir va Zuhra”, “Zafar”, “Kashmir afsonasi”, “Samarqand afsonasi”, “Afsungar muhabbati”, “Ravshan va Zulxumor”, "Jizel", "Layli va Majnun", "Bogʻchasaroy fontani", "Hamza" va boshqalar) sahnalashtirdi. “Layli va Majnun” spektakli “Sovet kino va teatriga 50 yil” Butunittifoq kitobiga, “Yoril-tosh” operasi esa Oʻzbekiston ensklopediyasiga kiritilgan.
1970-yilda Muborak Yo’ldoshev Lenin ordeni bilan taqdirlanadi.
1972-1981-yillarda Toshkentga koʻchib kelib, Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutida talabalarga dars beradi. Muborak Yoʻldoshev kelajakda va bugungi kungacha rassom sifatidagi ijodiy orzu va roʻyolarini amalga oshirish uchun mustaqil rangtasvir-rassom sifatida faoliyat yuritadi.
Rassom oʻz ijodida oʻzbek xalqining hayoti, turmush-tarzi, madaniyati va tabiatini atroflicha yoritib, afsona va dostonlarini chetlab oʻtmay “Goʻroʻgʻli”da – 40 dan ortiq chizgan asarlari, “Alpomish”da – 24 ta kartina, “Zardoʻsht”da- 5 ta ijod namunalarini yaratadi.
1995-yilda oltmish yoshni qarshilashi munosabati bilan u Oʻzbekiston Markaziy koʻrgazmalar zalida shaxsiy koʻrgazmasini tashkil etadi.
Mazkur yil rassom tasviriy san’atdagi xizmatlari uchun kumush medal bilan taqdirlanadi.
Muborak Yoʻldoshev 2000-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlanadi.
Musavvir 2005-yilda yetmish yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Markaziy koʻrgazmalar zalida 450 ta asardan iborat shaxsiy koʻrgazmasini taqdim etadi.
Atoqli rassom 2013-yilda sakson yoshga kirgani munosabati bilan Oʻzbekiston Markaziy koʻrgazmalar zalida 520 ta asardan iborat shaxsiy koʻrgazmasini tashkil etadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер
- ↑ Юлдашев Мубарак[sayt ishlamaydi] Журнал-антураж.рф
- ↑ Юбилейная выставка Муборака Юлдашева Afisha.uz