Mr. Lonely

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Mr. Lonely“
Bobby Vinton qoʻshigʻi
„Roses Are Red“ albomidan
B tomon „It's Better to Have Loved“
Chiqarilgan sanasi 1964-yil 16-oktyabr[1]
Yozib olingan 1962-yil 16-fevral[2]
Janr Pop
Davomiyligi 2:40
Leybl Epic
Matn muallif(lar)i Bobby Vinton, Gene Allan
Prodyuser(lar) Bob Morgan
Robert Mersey (aranjirovkachi)
Bobby Vinton singllari xronologiyasi
„Clinging Vine“
(1964)
Mr. Lonely
(1964)
„Dearest Santa“
(1964)

Mr. Lonely“ (tarjimasi „Janob yolgʻiz“) — amerikalik qoʻshiqchi Bobby Vinton tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Xonandaning 1962-yilda eʼlon qilingan Roses are Red nomli albomiga kiritilgan.

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vinton qoʻshiqni 1950-yillarning oxirida, armiyada xizmat qilayotganda yozishni boshlagan[3]. Qoʻshiqda xorijga joʻnatilgan va uyi bilan aloqasi yoʻq askar tasvirlangan. Xonanda oʻsha paytdagi ahvolidan afsusda va kimdir bilan gaplashishini xohlaydi[4].

Singl xuddi Vyetnam urushi avj olgan va koʻplab askarlar shunga oʻxshash vaziyatni boshdan kechirayotgan paytda chiqarilgan[5].

1966-yilda Vinton qoʻshiqning davomi — uyiga sogʻ-salomat qaytib kelgan „Coming Home Soldier“ tarjimasi „Uyga qaytgan askar“ qoʻshigʻini yozdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bobby Vinton - Mr. Lonely“. Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  2. Bobby Vinton's All-Time Greatest Hits, Varese (Vintage) Sarabande CD compilation (2003).
  3. Alan Levy, „His movie got him money but no fame“, Life, March 12, 1965. p. 78
  4. Bobby Vinton „Mr. Lonely“ OldieLyrics.
  5. Bob Leszczak, „Who Did It First?: Great Pop Cover Songs and Their Original Artists“, Rowman & Littlefield, Mar 13, 2014. p. 134