Moyqoʻrgʻon koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yunusobod |
Uzunligi | 2 km |
Avvalgi nomlari | P. V. Kaymakov koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Yunusobod 1-, 5-, 7-mavzelari 86- va 220-maktab Raupxon pivo zavodi AQShning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi |
Moyqoʻrgʻon koʻchasi — Yunusobod tumanining „Adolat“ va „Qoʻshchinor“ mahallalari hududida. Uzunligi 2 km atrofida.
Yangi tashkil topgan koʻchaga 1974-yil 18 fevralda P. V. Kaymakov nomi berilgan. 1997-yil 18-fevralda joyning tarixiy nomi sifatida Moyqoʻrgʻon nomi qoʻyildi[1].
Yoʻnalishida Yunusobod 1-, 5-, 7-mavzelari, AQShning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi, ATS binosi, 86- va 220-maktab, avtomobil toʻxtash joylari, stomatologiya poliklinikasi, dorixona, oshxona, Raupxon pivo zavodi, savdo shoxobchalari va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat translorti vositalari xarakati yoʻlga qoʻyilgan. Yaqinida 17-shahar kasalxonasi, Qoraqamish kanali, „Zenit elektronike“ qoʻshma korxonasi va Quloqtepa xarobasi mavjud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.