Morfologiya (tilshunoslik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lingvistik tuzilmaning asosiy darajalari. Morfologiya sintaksis va fonologiyani o'z ichiga qamrab olgan holda ko'rsatiladi.

Tilshunoslikda, morfologiya so'zlar, ular qanday tuzilishi va shu tildagi boshqa so'zlar bilan bog'liqligi haqidagi fan.U so'zlarning tuzilishi va qismlarini misol uchun o'zak, so'z o'zagi,old qo'shimcha va so'z oxiridagi qo'shimchalarni o'rganadi.Shuningdek, morfologiya so'z turkumlari, intonatsiya, urg'u va kontekstning so'zlarning talaffuzi va ma'nosini o'zgartirish yo'llarini ham o'rganadi. Morfologiya so'zlarning qo'llanilishiga ko'ra tillarni tasniflaydigan morfologik sinflarga ajratish tizimidan shuningdek, so‘zlar va ularning til lug‘atini qanday tashkil etishini o‘rganuvchi leksikologiyadan farq qiladi.

Asosiy so'z va uning kelib chiqishi o'rtasidagi fonologik va orfografik o'zgarishlar savodxonlik mahoratlariga ta'sir qilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, fonologiya va orfografiyadagi o'zgarishlarning mavjudligi morfologik murakkab so'zlarni tushunishni qiyinlashtiradi, uning yo'qligi esa osonlashtiradi. Morfologik murakkab so'zlarni tushunish ular asosiy so'zni o'z ichiga olganda osonroq bo'ladi.[1]

Morfemalarda sodir bo'ladigan tovush o'zgarishlari bilan maxsus shug'ullanadigan fan bu - morfofonologiyadir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi hind morfologik tahlilining tarixi tilshunos Paniniga borib taqaladi, u Sanskrit morfologiyasining 3,959 qoidasini Aṣṭādhyāyī matnida grammatikadan foydalangan holda tuzib chiqqan. Yunon-rum grammatik an'anasi ham morfologik tahlil bilan shug'ullangan.[2] Arab morfologiyasidagi izlanishlar, jumladan, Ahmad b. Ali Masud Marah Al-Arwah ham kamida milodiy 1200-yillarga borib taqaladi.[3]

"Morfologiya" atamasi 1859-yilda August Schleicher tomonidan tilshunoslikka kiritilgan.

Asosiy tushunchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leksemalar va so'z shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"So'z" atamasining aniq ma'nosi yo'q. Uning o'rniga, morfologiyada ikkita bog'liq atamalar, leksema va so'z tuzilishi qo'llaniladi. Umuman olganda, leksema ko‘pincha kichik bosh harflardagi so'z shakli kabi ifodalanadigan tuslangan so‘z shakllari to‘plamidir. Misol uchun, eat (ingliz tilidagi "yemoq") leksemasida bir nechta so'z shakllari eat [yeydi, 1-shaxs, birlik], eats [yeydi, 2-shaxs, birlik], eaten [yegan, o'tgan zamon sifatdoshi], va ate [yeb qo'ygan, o'tgan zamon] bor. Eat va eats xuddi o'sha eat leksemasining turli so'z shakllari deb qaraladi. Eat va Eater, boshqa tomondan,har xil leksemalardir, chunki ular ikki xil boshqacha tushunchani bildiradi.

Tuslanish va so'z yasalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leksema tushunchasidan kelib chiqib, ikki xil morfologik qoidalarni farqlash mumkin. Ba'zi morfologik qoidalar bir leksemaning turli shakllariga tegishli, lekin boshqa qoidalar turli leksemalarga aloqador. Birinchi turdagi qoidalar tuslanish qoidalari, ikkinchisi esa so'z yasalishi qoidalaridir. Inglizcha ko'plikdagi dog [it] so'zidan dogs [itlar] kelib chiqishi bu tuslanish qoidasi, va qo'shma birikmalar va so'zlar misol uchun, dog catcher [it ushlovchi] yoki dishwasher [idish yuvish mashinasi] kabilar so'z yasalishiga misoldir. Sodda qilib aytganda, so'z yasalishi "yangi so'zlar"ni (yanada aniqrog'i, yangi leksemalarni) tuzadi, tuslanish qoidalari esa "bir xil" so'zning (leksemaning) boshqacha shakllarini hosil qiladi.

Leksik morfologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leksik morfologiya bu morfologiyaning ghh, bilan shug'ullanadigan bo'limi bo'lib, morfologik jihatdan, tildagi leksemalar to'plamlaridir. Shunday qilib, u birinchi navbatda, so'z yasalishi: yasalish va qo'shish bilan bog'liq.

Shuningdek ko'ring[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wilson-Fowler, E.B., & Apel, K. (2015). "Influence of Morphological Awareness on College Students' Literacy Skills: A path Analytic Approach". Journal of Literacy Research 47 (3): 405–32. doi:10.1177/1086296x15619730. 
  2. Beard, Robert. Lexeme-Morpheme Base Morphology: A General Theory of Inflection and Word Formation. Albany: NY: State University of New York Press, 1995 — 2, 3 bet. ISBN 0-7914-2471-5. 
  3. Åkesson 2001.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]