Ogʻriq qoldiruvchi dorilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ogʻriq qoldiruvchi dorilar - ogʻriq sezgisini yoʻqotuvchi yoki kamaytiruvchi dorilar. Bularga kimyoviy tuzilishi va taʼsir mexanizmi turlicha dori moddalari kiradi. Ogʻriq qoldiruvchi dorilard.dan nerv sistemasiga taʼsir etib, ogʻriqni kamaytiruvchi moddalar (analgetiklar) asosiy oʻrinni egallaydi. Narkotik analgetiklar va nonarkotik analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfin, va uning sintetik oʻrindoshlari (promedol, fentanil va boshqalar) kiradi. Narkotik analgetiklar turli ogʻriklar, jumladan, shikastlanish, kuyish, miokard infarqtida roʻy beradigan kuchli ogʻriklarni ham qoldiradi. Morfin markaziy nerv sistemasiga taʼsir koʻrsatib, eshituv, qoʻrquv, taktil sezgisini oʻtkirlashtiradi, oʻziga xos gallyusinatsiyalar keltirib chiqaradi. Ogʻriq bilan kechadigan salbiy emotsiyalar (vahima, hayajonlanish, gʻam-gʻussa va boshqalar)ni susaytirib, xavfsizlik, oʻzini yengil his qilish, bamaylixotirlik tuygʻusini paydo qiladi. Narkotik analgetiklar takrortakror kabul qilinganda odam unga oʻrganib, qoʻmsay-digan boʻlib, narkomaniyaga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun narkotik analgetiklar qatʼiy hisobda turadi va ular cheklangan holda beriladi. Narkotik analgetiklarni vrach ruxsatisiz ichish taqiqlanadi.

Nonarkotik analgetiklarga kimyoviy tuzil ishi turlicha boʻlgan sintetik moddalar (amidoprin’, analgin, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol va boshqalar) kiradi. Bu xil analgetiklarning narkotik analgetiklarga kara-ganda ogʻriq qoldiruvchi taʼsiri kuch-sizroq boʻlib, asosan, nevralgiya tu-sidagi ogʻriklarda, mialgiya (muskullar yalligʻlanishi)da, tish va bosh ogʻrigʻida, artralgiyada ishlatiladi. Nonarkotik analgetiklar ogʻriq qoldirishi bilan bir qatorda isitma tushishiga ham (qarang Isitma tushiruvchi dorilar) yordam beradi. Koʻpchilik Nonarkotik analgetiklarning yalligʻlanishga qarshi taʼsiri ham bor (qarang Yalligʻlanishga qarshi dorilar). Vrach ruxsatisiz bu dorilarni ichmaslik kerak.

Analgetiklar guruhiga mansub boʻlmagan bir kancha dori moddalar ham ogʻriq qoldirishi mumkin. Mac, silliq muskullarni boʻshashtiruvchi dorilar — atropin, bangidevona preparatlari, papaverin, no-shpalar va boshqa qon tomirlar spazmida ishlatiladigan to-mir kengaytiruvchi dorilar shular jumlasidandir.

Vrachga koʻrinib ogʻriq sababi va xususiyatini bilgandan soʻng Ogʻriq qoldiruvchi dorilard. ichilsa, yaxshi naf beradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil