Momoxol Elmurodova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Momoxol Elmurodova
Tavalludi 1949-yil
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Qumqishloq qishlogʻi
Kasbi shoira
Ijod qilgan tillari oʻzbek tili
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Namangan Davlat universiteti
Janr sheʼriyat
Mukofotlari

Momoxol Elmurodova (1949-yil Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Qumqishloq qishlogʻi) — oʻzbek adabiyotining isteʼdodli shoirasi[1]. Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Momoxol Elmurodova 1949-yil Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Qumqishloq qishlogʻida dunyoga kelgan. Shoira taqdir taqozosi bilan qamashilik yigitga turmushga chiqib, shaharda 63-oʻrta maktabda oʻzbek tili va adabiyotidan dars bergan. Momoxol Elmurodova 1966—1970-yillarda Namangan Davlat universitetida tahsil olgan. Talabalik davridan sheʼrlar yozgan, dastlabki sheʼrlaridan namunalar 1967-yilda „Namangan haqiqati“ gazetasida eʼlon qilingan. Shundan soʻng uning sheʼrlari respublika gazeta va jurnallarida nashr etilgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Momoxol Elmurodova oʻzining „Qaldirgʻoch“, „Ayol muhabbati“, „Yurakka sanchilgan ignalar“, „Orzularning olis yoʻli“, „Onamga maktublar“, „Otlandim qalbingiz ziyoratiga“, „Eng goʻzal imkon“ deb nomlangan bir qator sheʼriy toʻplamlari nashr etildi[2]. Bundan tashqari uni elimiz taniqli, oʻziga xos ovozi va uslubiga ega boʻlgan shoira sifatida eʼtirof etadi. Shoiraning „Men ayolman“ nomli sheʼrida oʻzbek ayollarining nozik tuygʻularini mohirlik bilan tasvirlagan.

„Kuz xayollari“ sheʼriy toʻplami haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Momoxol Elmurodovaning 2015-yilda „Kuz xayollari“ nomli sheʼriy toʻplami nashr etildi. Shoiraning ijodi bu sheʼriy toʻplami bilan yanada yuqori choʻqqiga koʻtarildi. Bu sheʼrida eng avvalo Vatanni ulugʻlaydi:

Vatan ordir, vatan gʻurur, varan qalbning tugʻyoni,

Ilk manzil shul, rizq-roʻz ham shul hamda soʻngi oshyondir.

Tuprogʻini koʻzlarimga surmaday sursam arzir,

Men sevgan yurt, sigʻingan yurt, aziz Oʻzbekistondir.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]