Namangan Davlat Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Namangan Davlat universitetidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Namangan Davlat Universiteti
(NamDU)
Xalqaro nomi Namangan State University
Asos solingan 1942-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Ulugʻbek Inoyatov
Talabalari 6091
Fakultetlar 7 ta
Bakalavriat 25
Magistratura 16
Aspirantura 10
Akademiklar 1 ta
Fan doktorlari 11 ta
Professorlar 11 ta
O‘qituvchilar 419 ta
Kampusi Namangan shahri
Manzili 160119, Uzbekiston Respublikasi, Namangan shahri, Uychi ko`chasi, 316
Vebsayti www.namdu.uz

Namangan davlat universiteti, Namangan davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar taiyerlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Namangan pedagogika instituti (1942 yilda asos solingan) negizida tashkil etilgan. Universitetda 12 fakultet (mat., fizikatexnika, xorijiy tillar, kimyo-biol., sanʼatshunoslik, ingliz filol.si, pedagog, iqtisodgeogr., jismoniy tarbiya, oʻzbek filol.si, tarix, yurisprudensiya), oʻquv, ilmiy, maʼnaviyat, marketing xizmati, monitoring boʻli-mi, maʼnaviyat, axborot va taxdil, til oʻrgatish, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi, sotsiologik tadqiqotlar laboratoriya, 38 kafedra, bir kancha ilmiy laboratoriya va oʻquv markazlari, biznes maktabi, akademik litsey bor; kutubxonalarida 500 mingdan ziyod asar saqlanadi (2003). Universitet 25 yoʻnalish (matematika, amaliy mat., fizika, kasb taʼlimi, kimyo, biologiya, amaliy sanʼat, chizmachilik va tasviriy sanʼat, musiqa, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, slavyan filol.si, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ishlar me-todikasi, ped. va psixologiya, jismoniy tarbiya, iqtisod, geogr., oʻzbek filol.si, tarix, huquqshunoslik, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, ijtimoiy-madaniy faoliyat) boʻyicha bakalavrlar, 16 ixtisoslik (fizika, matematika, tarix, geografiya, rus tili, oʻzbek tili, nemis tili, ingliz tili, kimyo, mehnat taʼlimi, huquqshunos-pedagog, tarmoqlar iqtisodiyoti, boshlangʻich taʼlim, fizika oʻqitish metodikasi, amaliy mat., oʻzbek adabiyoti) buyicha magistrlar tayyorlaydi. Universitetda aspirantura, doktorantura faoliyat koʻrsa-tadi. 2002/2003 oʻquv yili universitetda 5 mingga yaqin talaba taʼlim oldi, 350 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan, 20 fan doktori va professor, 140 fan nomzodi va dotsent ishladi. Universitet bir kancha xorijiy davlatlarning nufuzli unt, institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet faoliyati T. Fayzullayev, A. Aʼza-mov, M. Mamatov, N. Rahimov, A. Abdurahmonov, Sh. Abdullayev, I. Abdullayev va boshqa professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. 2003 yilgacha universitet 27 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.[1]

1941 yil 6 martda Namangan viloyati tashkil etili shi munosabat i bilan xalq maorifi tarmoqlarini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan mustahkamlash eng muhim masalalardan biriga aylandi. Respublika hukumati umumtaʻlim maktablarini o’qituvchi kadrlar bilai taʻminlashga alohida ahamiyat berib, Namanganda muallimlar tayyorlaydigan oliygoh ochishga qaror qildi.

Namangan markazidagi 5-maktab binosida 1942 yili Andijon o’qituvchilar institutining shaxobcha-tarmog’i Namangan muallimlar tayyorlash oliygohi tashkil etildi. Dastlab o’zbek tili va adabiyoti hamda fizika-matematika bo’limlari ochilib, unda 74 nafar talaba taʻlim ola boshlaydi. 1944 yildan ana shu tarmoq mustaqil Namangan o’qituvchilar institutiga aylantirildi. 1945-1946-o’quv yilidan boshlab institutda talabalar va muallimlar soni orta boshladi. O’sha yili beshta mustaqil kafedra tashkil etilib, jami unda 19 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi. Dastlab tashkil etilgan 3 ta fakul’tet – fizika-matematika, o’zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fakul’tetlarida 1945-1946 o’quv yilida jami 227 nafar talaba tahsil oldi.

Namangan o’qituvchilar instituti O’zbekistoi hukumatining qarori va Maorif Vazirligining 1955 yil 17 maydagi buyrug’iga asosan 1955-1956 o’quv yilidan boshlab Namangan davlat pedagogika institutiga aylantirildi. Namangan o’qituvchilar instituti pedagogika institutiga aylantirilgach, 1959 yilgacha bo’lgan davrda institutda ilmiy darajaga ega bo’lgan o’qituvchilar soni 8 kishiga etdi.

1959-1960-o’quv yiliga kelib institutda beshta fakul’tet va ularda 8 ta kafedra bo’lib, 62 nafar professor-o’qituvchi ishladi.1962-1963 o’quv yilida universitetning hozirgi markaziy maʻmuriy binosi qurib foydalanishga topshirilishi, unda 600 nafar talabaning bilim olish imkoniyatini yaratdi. 1965-1966 o’quv yilidan boshlab 400 o’rinli talabalar turar joyi qurib bitkazilib, talabalar ixtiyoriga berildi.

Barcha O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlari qatori Namangan oliy dargohining ham taraqqiyoti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga muvofiq Namangan pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununining tashkil etilganligi bilan chambarchas bog’liq bo’ldi.

Bugungi kunda universitetda 27 ta bakalavriat yo’nalishida qariyb 5100 nafar, 12 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 158 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Ularga 431 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 11 nafar fan doktori va 123 nafar fan nomzodlari yuqori malakali bilimlar berib kelmoqdalar.

Namangan davlat universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoni bilan Namangan davlat pedagogika instituti negizida tashkil topgan.

Mintaqada universitetni tashkil topishi ilm, fan, madaniyat, taʻlim sohalarini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyatlar ochib berilgan.

Universitet mintaqa va viloyatning xalq xoʻjaligi tarmoqlari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimi tizimi va xalq taʻlimi sohalari uchun kadrlar tayyorlaydi.

Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, mintaqaning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʻminlash maqsadida ayni vaqtda universitetda 431 nafar professor-oʻqituvchi xizmat koʻrsatmoqda. Ulardan: 1 nafari akademik, 11 nafari fan doktoro, 123 nafari fan nomzodlaridir.

Joriy vaqtda universitetda 6ta fakul’tet,  27 ta kafedra mavjud boʻlib, 27 ta bakalavriyat yoʻnalishlari, 13 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash boʻyicha taʻlim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. Ular:

Bakalavriat:

5111700 - Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish

5111600 - Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi

5111100 - Musiqa

5112000 - Jismoniy madaniyat va sport

5111400 - Horijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

5130100 - Matematika

5130200 - Amaliy matematika va informatika

5140200 - Fizika

5640100 - Hayot faoliyati xavsizligi

5111300 - Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o'zga tilli guruhlarda)

5220300 - Arxivshunoslik

5120300 - Tarix

5610400 - Ijtimoiy madaniy faoliyat

5140900 - Kasb-taʻlimi (Iqtisodiyot)

5610535 - Sport faoliyati

5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (O'zbek tili)

5140100 - Biologiya

5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (Ingliz til)

5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (nemis tili)

5111800 - Maktabgacha Taʻlim Pedagogikasi

5110800 - Tasviriy sanʻat va muxandislik grafikasi

5630100 - Ekologiya va atrof muhit-muxofazasi

5110900 - Pedagogika va psixologiya

5111000 - Kasb ta'limi (servis)

5142000 - Mehnat ta'limi

5140500 - Kimyo

5140600 – Geografiya 

Magistratura:

5111700 - Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish

5A140202 - Fizika

5A110901 - Pedagogika tarihi va nazariyasi

5A140501 - Kimyo

5A140602 - Geografiy (o'rganish obe'kti bo'yicha)

5A140101 - Biologiya

5A120101 - Adabiyotshunoslik(Ingliz adabiyoti)

5A120102 - Lingvistika(Ingliz tili)

5A120102 - Lingvistika(Tillar boy'icha)

5A112001 - Jismoniy madaniyat

5A120301 - O'zbekiston tarixi

5A130101 - Matematik analiz

5A130202 - Amaliy matematika va axborot texnologiyalari

5A110801 - Tasviriy sanʻat va amaliy-bezak sanʻati

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil